وَمَا أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِنَ الْمُرْسَلِينَ إِلَّا إِنَّهُمْ لَيَأْكُلُونَ الطَّعَامَ وَيَمْشُونَ فِي الْأَسْوَاقِ ۗ وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ ۗ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا
Ey Muhammad, sizdan oldingi Biz yuborgan barcha payg‘ambarlar ham, albatta, odamlardek taom yeb, bozorlarda yurar edilar. Biz baʼzilaringizni baʼzilaringiz uchun sinov qilib qoʻydik, qani, bu sinovlarga sabr qila olarmikinsiz? Robbingiz esa barchasini koʻrib turuvchi Zotdir.

