U Zot Yerni sizlar uchun beshik qilib qoʻydi va unda yoʻllar paydo qildi hamda osmondan suv yog‘dirdi. Bas, u suv bilan turli nabototlardan juftlarini chiqardik.
От искомого вами масдар-узак ش ت ت образовано 5 аятов.
har xil, alohida-alohida, tarqoqdir, xilma-xildir, alohida-alohida guruhlar holida
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U Zot Yerni sizlar uchun beshik qilib qoʻydi va unda yoʻllar paydo qildi hamda osmondan suv yog‘dirdi. Bas, u suv bilan turli nabototlardan juftlarini chiqardik.
Jangga chiqmay qolishda koʻzi ojiz kishiga, oyog‘i choʻloqqa va bemorga gunoh yoʻqdir. Ey moʻminlar, oʻz uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega boʻlgan uylardan, yo doʻstingizning uyidan taom yeyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Birgalashib yoki alohida ovqatlanishingizda ham sizlarga gunoh yoʻqdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak, pokiza salomni aytinglar. Aql ishlatishingiz uchun Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qiladi.
Munofiq va yahudiylar oʻzaro birlashib sizlar bilan jang qila olmaydilar. Ular faqat qalʼali qishloqlar ichida berkinib yoki devorlar ortidan turib jang qila oladilar. Shuningdek, ularning oʻz oralarida adovatlari qattiqdir. Soʻzlaridan ularni birlashgan deb hisoblaysiz-u, ammo qalblari tarqoqdir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir.
Albatta, sizlarning saʼy-harakatlaringiz turlichadir!
Oʻsha kunda odamlar, ularga qilib oʻtgan amallarini koʻrsatilishi uchun alohida-alohida boʻlib chiqib keladilar.