مَا كَانَ لِلْمُشْرِكِينَ أَنْ يَعْمُرُوا مَسَاجِدَ اللَّهِ شَاهِدِينَ عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ بِالْكُفْرِ ۚ أُولَٰئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ وَفِي النَّارِ هُمْ خَالِدُونَ
Allohga shirk keltirganlar oʻzlarining kufr yoʻlida ekanliklariga guvoh boʻlib turgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari mumkin emasdir. Ana ularning bu yoʻlda qilgan barcha amallari behuda ketgan hisoblanadi. Hamda ular doʻzaxda mangu qoladilar.

