Ey Payg‘ambar, qachonki, oldingizga moʻminalar kelib, sizga oʻzlarining Allohga biror narsani sherik qilmasliklariga, oʻg‘irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, oʻz bolalarini oʻldirmasliklariga, qoʻllari va oyoqlari orasida toʻqib oladigan boʻhtonni keltirmasliklariga hamda biror yaxshi ishda sizga itoatsizlik qilmasliklariga doir bayʼat qilsalar, siz ularning bayʼatlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan mag‘firat soʻrang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.

