Soʻng har bir kishining nomai aʼmoli bitilgan kitobi oʻz qoʻliga keltirib qoʻyiladi. Bas, gunohkorlarning undagi yozilgan narsalardan qoʻrquvga tushib: “Holimizga voy boʻlsin! Bu qanday kitobdirki, na kichik va na katta gunohni qoldirmay, barchasini hisoblab qoʻyibdi”, – deyishlarini koʻrasiz. Ular qilgan neki amallari boʻlsa, barchasini hozir holda topadilar. Robbingiz hech kimga zulm qilmaydi.

