وَقُلْنَا مِنْ بَعْدِهِ لِبَنِي إِسْرَائِيلَ اسْكُنُوا الْأَرْضَ فَإِذَا جَاءَ وَعْدُ الْآخِرَةِ جِئْنَا بِكُمْ لَفِيفًا
Undan keyin bani Isroil avlodlariga: “Hozircha mana shu yerni maskan tutinglar. Endi qachonki vaʼda qilingan oxirat kelganida, sizlarning barchangizni bir oraga toʻplab keltiramiz”, – dedik.

