Endi ular bu bahonalari va qilmishlarining jazosi uchun bu dunyoda oz kulsinlar, oxiratda esa koʻp yig‘lasinlar!
От искомого вами масдар-узак ض ح ك образовано 10 аятов.
endi kulsinlar, va shunda kuldi, doimo kulardingiz, jilmayib, (masxara qilib) kula boshladilar, kuldiruci, va kulyapsiz, kulgulidir, kulmoqda(lar), kuladilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Endi ular bu bahonalari va qilmishlarining jazosi uchun bu dunyoda oz kulsinlar, oxiratda esa koʻp yig‘lasinlar!
Tashqarida Ibrohim payg‘ambarning xotini Sora tik turgan edi, birdan kulib yubordi. Unga Ishoq nomli farzandni va Ishoqning ortidan Yaʼqub ismli nabirani ato etishimiz haqida bashorat berdik.
Bas, sizlar u moʻminlarni masxara qildingiz. Hatto bu ishingiz sizlarga Meni eslashni unuttirdi. Ha, sizlar ularning ustidan kular edingiz.
Sulaymon uning bu soʻzidan kulib, tabassum qildi va: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq qilgin va meni Oʻz fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!” – dedi.
Bas, qachonki, Muso moʻʼjizalarimiz bilan ularga kelganida, ular birdaniga bu moʻʼjizalardan kula boshladilar.
Albatta, kuldirgan ham, yig‘latgan ham Uning Oʻzidir.
Yana oyatlarni masxara qilib kulasizlar-u, Allohdan qoʻrqib yig‘lamaysizlar?!
Kuluvchi va xursand boʻladi.
Darvoqe, jinoyat qilganlar iymon keltirgan zotlar ustidan masxara qilib kular edilar.
Endi bugun iymon keltirganlar kofirlarning ustidan kuladilar.