Shunday qilib, ular tuyani soʻydilar va Robbilarining buyrug‘idan bosh tortdilar hamda: “Ey Solih, agar chindan ham yuborilgan payg‘ambarlardan boʻlsang, unda bizlarga vaʼda qilgan azobni keltir!” – dedilar.
There are 10 verses derived from the masdar-o'zak ع ت و you searched for.
va chiqib ketdilar, voz kechmadilar, so'nggi chegarasiga, isyon qilganni, va haddan oshdilar, bir tug'yon bilan, bosh ko'tardilar, bosh ko'tardi, tug'yon, tug'yonkor
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunday qilib, ular tuyani soʻydilar va Robbilarining buyrug‘idan bosh tortdilar hamda: “Ey Solih, agar chindan ham yuborilgan payg‘ambarlardan boʻlsang, unda bizlarga vaʼda qilgan azobni keltir!” – dedilar.
Ular oʻzlariga taqiqlangan ishdan qaytmay oyoq tirab olganlarida, Biz ularga: “Xorlangan maymunlarga aylanib qolinglar”, – deb aytdik.
Shunda Zakariyo: “Ey Robbim, xotinim tug‘mas boʻlib qolgan, oʻzim esa keksalikning poyoniga yetib qolgan boʻlsam, menda farzand qayoqdan boʻlsin?” – dedi.
Keyin har bir guruhdan qaysi birlari Rahmonga ashaddiyroq osiy boʻlsa, oʻshani sug‘urib olamiz va jahannamga tashlaymiz.
Bizga duch kelishni umid qilmaydiganlar: “Bizga payg‘ambar oʻrniga farishtalar tushirilsa edi yoki biz Robbimizni koʻzlarimiz bilan koʻrsak edik”, – deydilar. Darhaqiqat, ular haddan oshdilar va juda katta ketdilar.

Bas, ular Robbilarining amridan bosh tortishgach, qarab turgan hollarida ularni dahshatli chaqmoq urdi.
Qanchadan-qancha qishloq va shaharlar borki, ular Robbilari va payg‘ambarlarining amridan bosh tortganlar, bas, Biz ularni qattiq hisob-kitob qilganmiz va xunuk azob bilan azoblaganmiz.
Yoki Rahmon Oʻz rizqini tortib qoʻysa, sizlarga rizq beradigan oʻsha kim oʻzi?! Yoʻq, kofirlar qaysarlikda va haqdan qochishda bardavom boʻldilar.
Od qabilasi esa, quturgan boʻron bilan halok qilindilar.