وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنْصَرُونَ
Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ergashib ketmanglar, aks holda, sizlarga doʻzax oʻti yetadi. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biron doʻst yoʻqdir. Keyin agar zolimlarga ergashsangiz, sizlarga yordam berilmaydi.

