إِلَّا تَنْفِرُوا يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَيَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيْئًا ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Agar yovga qarshi jangga qoʻzg‘almasangizlar, u holda Alloh sizlarni alamli azob bilan azoblaydi. Oʻrningizga esa sizlardan boshqa bir itoatli qavmni keltiradi. Sizlar esa bu qilmishlaringiz bilan unga hech qanday zarar bera olmaysizlar. Shubhasiz, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.

