Ey moʻminlar, qoʻl ostingizdagi qul va choʻrilaringiz hamda balog‘atga yetmagan farzandlaringiz bir kunda uch marta huzuringizga kirishda sizlardan ruxsat soʻrasinlar. Bu vaqtlar, bomdod namozidan oldin, peshin vaqtida issiqdan kiyimlaringizni yechgan paytingiz va xufton namozidan keyindir. Bu uch vaqt sizlarning avratlaringiz ochiq boʻlishi mumkin boʻlgan vaqtlardir. Ular oʻsha vaqtlardan soʻng izn soʻramay kirsalar, sizlarga ham, ularga ham gunoh yoʻqdir. Chunki sizlar bir-biringizning atrofingizda aylanib yuruvchisizlar. Alloh sizlarga oyatlarni mana shunday bayon qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.

