Ey Muhammad, moʻminlarga: “Koʻzlarini nomahram ayollarga qarashdan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar”, – deb ayting. Mana shu ular uchun eng toza yoʻldir. Albatta, Alloh ularning nima hunar qilayotganlaridan xabardor.
There are 4 verses derived from the masdar-o'zak غ ض ض you searched for.
ehtiyot qilsinlar, va qis, qisuvchi(lar)
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Muhammad, moʻminlarga: “Koʻzlarini nomahram ayollarga qarashdan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar”, – deb ayting. Mana shu ular uchun eng toza yoʻldir. Albatta, Alloh ularning nima hunar qilayotganlaridan xabardor.
Shuningdek, moʻmina ayollarga ham: “Koʻzlarini nomahram erkaklardan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar. Hamda sirtdan koʻrinib turadigandan boshqa ziynatlarini koʻrsatmasinlar va roʻmollarini koʻkraklari ustiga tashlab olsinlar. Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo oʻg‘illari, yo erlarining oʻg‘illari, yo oʻzlarining aka-ukalari, yo aka-ukalarining oʻg‘illari, yo opa-singillarining oʻg‘illari, yo oʻzlari kabi ayollar, yo qoʻl ostilaridagi choʻrilar, yo juda keksayib yoki aqlsiz-devona boʻlib ayollarga hojati boʻlmagan erkak xizmatkor, ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan bolalardan boshqalarga koʻrsatmasinlar. Hamda yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini yerga urmasinlar”, – deb ayting. Ey moʻminlar, barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, Shoyad, shunda zafar topsangiz.
Yurganingda oʻrtacha yurgin va ovozingni pastroq qilgin. Chunki ovozlarning eng xunugi eshaklarning ovozidir.
Allohning Payg‘ambari huzurida ovozlarini past qilgan kimsalar – aynan oʻshalar Alloh ularning qalblarini taqvo uchun imtihon qilgan kimsalardir. Ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.