Ha, kifoya qiladi. Agar siz sabr-toqat qilib, yolg‘iz Allohdan qoʻrqsangiz, u dushmanlar toʻsatdan sizlarga yurish qilib qolsalar ham, Robbingiz sizga alohida belgilari boʻlgan besh mingta farishta bilan yordam beradi.
There are 4 verses derived from the masdar-o'zak ف و ر you searched for.
ular to'satdan, va qaynaganda, va qaynaganda, qaynamoqda
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ha, kifoya qiladi. Agar siz sabr-toqat qilib, yolg‘iz Allohdan qoʻrqsangiz, u dushmanlar toʻsatdan sizlarga yurish qilib qolsalar ham, Robbingiz sizga alohida belgilari boʻlgan besh mingta farishta bilan yordam beradi.
Nihoyat, azob haqidagi amrimiz kelib, tandir favvora otib qizidi. Biz Nuhga: “Har bir jonivordan bir juftdan va g‘arq boʻlishi haqidagi amrimiz kechganlardan tashqari ahli oilang hamda iymon keltirganlarni kemaga yuklab chiqar”, – dedik. Vaholanki, u bilan birga iymon keltirganlar ozchilik edi.
Keyin, Biz unga vahiy qilib: “Bizning himoyamiz va vahiyimiz bilan bir kema yasagin. Bas, qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan olov oʻrniga favvoralar otilgan payt, u kemaga bir juft har bir jonivordan va oilangni olgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni g‘arq boʻlishi xususida soʻzimiz oʻtgan boʻlsa, ulardan voz kech. Hamda zulm qilganlar haqida yordam soʻrab Menga xitob qilma. Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir”, – deb vahiy qildik.
Qachonki, ular jahannamga uloqtirilganlarida, qaynab turgan jahannamning oʻkirik faryodini eshitadilar.