Oʻziga bir necha barobar koʻp qilib qaytarilishi evaziga Alloh yoʻliga chiroyli qarz beradigan kim bor? Holbuki, rizqni toraytiradigan ham, kengaytiradigan ham Allohning Oʻzidir hamda sizlar, shubhasiz, Uning huzuriga qaytarilasizlar.
There are 9 verses derived from the masdar-o'zak ق ب ض you searched for.
(rizqni) qisadi ham, olingan, va qattiq tutadilar, keyin oldim, bir hovuch, tortib oldik, asta-sekin, Uning hovuchi ichidadir, ochib-yumib
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Oʻziga bir necha barobar koʻp qilib qaytarilishi evaziga Alloh yoʻliga chiroyli qarz beradigan kim bor? Holbuki, rizqni toraytiradigan ham, kengaytiradigan ham Allohning Oʻzidir hamda sizlar, shubhasiz, Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Agar oʻsha payt safarda boʻlib, yozuvchi odam topa olmasangiz, unda qoʻl bilan ushlanadigan bir garov berilsin. Bordi-yu bir-biringizga ishonib omonat qoʻysangiz, unda omonati qoʻyilgan odam uni vaqtida ado etsin. Robbisi boʻlgan – Allohdan qoʻrqsin va shohidlikni aslo berkitmasin. Kimda-kim uni yashirsa demak, shubhasiz, uning qalbi gunohkordir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizni bilib turuvchidir.
Munofiq erkaklar ham, munofiq ayollar ham kufrda hammasi birdirlar. Ular yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytaradilar. Ehson qilmay, qoʻllarini qattiq tutadilar. Ular Allohni unutdilar, bas, shuning uchun Alloh ham ularni rahmatidan uzoqlashtirib unutdi. Shubhasizki, munofiqlar aniq fosiq kimsalardir.
Somiriy Musoga: “Men ular koʻrmagan narsani koʻrib qoldim. Bas, elchi Jabroilning izidan bir siqim olib, uni buzoqning haykaliga sochgan edim undan tirik buzoq kabi boʻkirgan ovoz chiqdi. Nafsim shu ishni qilishni menga chiroyli koʻrsatdi”, – dedi.

Soʻngra quyosh koʻtarilayotganda uni asta-sekin Oʻzimizga tortib oldik.
Soʻngra quyosh koʻtarilayotganda uni asta-sekin Oʻzimizga tortib oldik.
Ular Allohni Oʻziga loyiq tarzda qadrlamadilar. Qiyomat kunida butun Yer yuzi Uning siqimidadir. Osmonlar ham Uning qudrat qoʻliga yig‘iluvchidir. U Zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliydir.
Ular ustilarida qanotlarini yoyib va yig‘ib uchib yurgan qushlarni koʻrmadilarmi?! U qushlarni yolg‘iz Rahmon havoda tutib turadi. Albatta, U barcha narsani koʻrib turuvchidir.