Yusuf qochdi, Zulayho esa quvdi va ikkisi eshikka qarab chopishdi. Soʻngra Zulayho uning koʻylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Shu payt eshik oldida xojasi Qitfirga yoʻliqdilar. Zulayho unga: “Oilangga yomonlikni istagan kishining jazosi faqat zindonga solinishi yoki alamli azob berishdir”, – dedi.

