Shunda Muso darhol asosini yerga tashladi. Birdan u aniq-tiniq haqiqiy ajdarhoga aylandi.
There are 8 verses derived from the masdar-o'zak اِذَا you searched for.
birdan, (bir ham ko'rdilarki), (bir ham nimani ko'rsin), darhol, O'shanda
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunda Muso darhol asosini yerga tashladi. Birdan u aniq-tiniq haqiqiy ajdarhoga aylandi.
Keyin qoʻlini qoʻyniga tiqib chiqargan edi, qoramtir boʻlgan qoʻli koʻrganlarni hayratga tushiradigan darajada kundek oppoq boʻlib qoldi.
Biz shunda Musoga: “Endi sen asongni tashla!” – deb vahiy qildik. Birdan u aso katta ajdarhoga aylanib ularning sehr orqali toʻqib chiqarganlarini tutib yuta boshladi.
Bas, Muso uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanayotgan ilon boʻlib qoldi.
Muso ularga: “Yoʻq, sizlar oldin tashlanglar”, – dedi. Ular qoʻllaridagi narsalarni tashlagan edilar sehrlari sababli birdan arqonlari va hassalari unga yurib ketayotgandek tuyuldi.
Faqat birgina dahshatli qichqiriq boʻldi-yu, birdaniga ular oʻchib qoldilar.
Ey Makka kofirlari, yoki sizlar osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan xotirjam boʻldingizmi?
Soʻngra ular birdan tirilib yer ustida boʻlib qoladilar.