Kofirlarning jonlarini badanlari qaʼridan sug‘urib oladigan farishtalarga qasam boʻlsin.
Surah Noziot
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 79,46 versesRevealed in Makka.
Juz 30,Surah 79,46 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Kofirlarning jonlarini badanlari qaʼridan sug‘urib oladigan farishtalarga qasam boʻlsin.
Moʻminlarning jonlarini osonlik bilan chiqarib oladigan farishtalarga qasam boʻlsin.
Osmondan suzib tushuvchilarga qasam boʻlsin.
Oʻz vazifalarini ado qilishda oʻzib yuruvchilarga qasam boʻlsin.
Alloh buyurgan barcha ish tadbirini tuzib turuvchi farishtalarga qasam boʻlsinki, albatta, qayta tirilib, hisobot berasizlar!
U kunda sur birinchi marta chalinishi bilan larzaga keluvchi yer titraydi.
Ortidan ergashuvchi ikkinchi bor sur ovozi ergashadi.
U kunda qalblar qoʻrquvga tushuvchidir.
Ularning koʻzlari dahshatdan qoʻrquvchidir.
Ular bu dunyoda: “Haqiqatan ham bizlar oʻlgach avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi?” – der edilar.
Chirik suyaklarga aylanib qolgan vaqtimizda hammi?!
Ular istehzo bilan: “Unday boʻlsa, bu bizlar uchun rosa ziyon qiluvchi qaytish-ku!” – der edilar.
Bas, u qaytish faqat birgina qichqiriqdir, xolos.
Soʻngra ular birdan tirilib yer ustida boʻlib qoladilar.
Ey Muhammad, sizga Musoning xabari keldimi?
Oʻshanda, Robbisi unga muqaddas Tuvo vodiysida shunday nido qilgan edi:
Ey Muso, firʼavnning oldiga bor, albatta, u tug‘yonga ketdi.
Bas, unga: “Sening kufrdan poklanishga xohishing bormi?” – deb aytgin.
Men seni Robbing yoʻliga hidoyat qilsam, shoyadki, sen U zotdan qoʻrqsang.
Soʻng Muso unga katta bir moʻʼjiza koʻrsatdi.
Firʼavn uni yolg‘onga chiqardi va Allohga osiylik qildi.
Soʻngra shoshgancha Musodan yuz oʻgirib ketdi.
Soʻngra oʻz odamlarini toʻpladi va jar soldi:
“Men sizlarning oliy robbingizman”, – dedi.
Bas, Alloh uni oxirat va dunyo azobi bilan ushladi.
Albatta, bu qissada Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun katta ibrat bordir.
Ey mushriklar, sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi?! Albatta, Alloh uni bino qildi.
Shiftini baland qilib, tikladi.
Hamda u osmonning tunini qorong‘i qilib, undan kunduzini chiqardi.
Shundan keyin Yerni tuyaqush tuxumi shaklida yoyib, tekis qildi.
Undan suvini va oʻt-oʻlanlarini chiqardi.
Tog‘larni esa mustahkam oʻrnashtirdi.
Bularning barchasi sizlarga va chorva hayvonlaringizga foyda boʻlsin deb yaratilgan.
Bas, qachon katta ofat kelganida,
U kunda inson oʻz qilmishini eslab qoladi.
Doʻzax har bir koʻradigan kishiga koʻrsatiladi.
Ammo kimki dunyoda tug‘yonga ketgan boʻlsa,
Oʻtkinchi dunyo hayotini oxiratdan ustun qoʻygan boʻlsa,
Bas, u holda, albatta, jahannam unga joy boʻladi!
Bas, albatta, jannat unga joy boʻladi.
Ey Muhammad, mushriklar sizdan qiyomat qachon qoim boʻlishi haqida soʻrarlar.
Uning zikrini siz qayoqdan bilardingiz?!
Uning intihosi faqat Robbingizga borib toʻxtaydi.
Siz faqat undan qoʻrqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz.
Ammo kimki Robbisining huzurida turishi va hisob berishidan qoʻrqqan va nafsini havolanishdan qaytargan boʻlsa,
Ular u qiyomatni koʻrgan kunda bu dunyoda xuddi bir oqshom yoki choshgoh paytichalik turgandek boʻladilar.