Ey Muhammad, eng oliy Zot boʻlmish Robbingizning ismini poklab tasbeh ayting!
Surah A'laa
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 87,19 versesRevealed in Makka.
Juz 30,Surah 87,19 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Ey Muhammad, eng oliy Zot boʻlmish Robbingizning ismini poklab tasbeh ayting!
U barcha narsani yaratib, barpo qilgan Zotdir.
U barcha narsani oʻlchov bilan qilgan va hidoyatga boshlagan Zotdir.
U oʻt-oʻlanni undirib chiqargan Zotdir.
Keyin uni qoramtir xazon qilib qoʻygan Zotdir.
Ey Muhammad, Biz sizga Jabroil vositasida Qurʼonni qiroat qildiramiz. Bas, siz uni unutmaysiz.
Faqat, Alloh unuttirishni xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora soʻz va ishlarni ham, yashirin narsalarni ham biladi.
Biz sizni oson yoʻlga muyassar qilamiz.
Bas, eslatma foyda bersa, odamlarga eslating.
Allohdan qoʻrqadigan kishi undan eslatma oladi.
Baxtsiz kishi esa undan chetlab oʻtadi.
U katta oʻtga kirib kuyadi.
Soʻngra uning ichida na oʻladi va na yashay oladi.
Darhaqiqat, kim gunohlardan poklansa, zafar topadi.
Robbisining nomini zikr qilib, namoz oʻqiydi.
Ha, sizlar, dunyo hayotini ustun qoʻyasizlar.
Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.
Darvoqe, bu nasihatlar avvalgi payg‘ambarlarga nozil boʻlgan sahifalarda ham oʻtgan.
Ibrohim va Muso sahifalarida ham bordir.