Oʻlchov va tarozidan urib qoluvchi kimsalar holiga voy boʻlsin!
Surah Mutoffifun
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 83,36 versesRevealed in Makka.
Juz 30,Surah 83,36 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Oʻlchov va tarozidan urib qoluvchi kimsalar holiga voy boʻlsin!
Ular odamlardan biror narsani oʻlchab olgan vaqtlarida toʻliq qilib oladilar.
Agar ularga oʻlchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kamaytirib beradigan kimsalardir.
Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini oʻylamaydilarmi?!
Ulug‘ kun boʻlgan qiyomatda.
Odamlar barcha olamlar Robbisi huzurida tik turadigan kunda!
Yoʻq! Albatta, fojirlarning nomai aʼmollari, aniq, Sijjiynda boʻladi.
Ey Muhammad, Sijjiyn nima ekanini sizga nima bildirdi?
U bitilgan kitobdir.
U kunda yolg‘onga chiqaruvchilarning holiga voy!
Ular jazo kunini yolg‘onga chiqaradigan kimsalardir.
U kunni tajovuzkor va gunohga botgan kimsa yolg‘onga chiqaradi.
Qachonki, unday kimsaga oyatlarimiz tilovat qilinsa, u: “Bu avvalgilarning afsonalari”, – der edi.
Yoʻq, unday emas! Balki, ularning qilgan kasblari qalblariga mog‘or boʻlib oʻrnashib qolgan.
Shubha yoʻqki, ular oʻsha qiyomat kunida Robbilari diydoridan toʻsilgandirlar.
Soʻngra, albatta, ular doʻzaxga kirib, kuyuvchilardir.
Soʻngra ularga: “Mana shu sizlar yolg‘on deb yurgan narsadir”, – deyiladi.
Darhaqiqat, yaxshilarning nomai aʼmollari, albatta, Illiyyundadir.
Ey Muhammad, Illiyyun nima ekanini sizga nima bildirdi?!
U bitilgan kitobdir.
Unga Allohga yaqin farishtalar guvoh boʻladilar.
Albatta, yaxshilar jannat neʼmatlari ichidadirlar.
Ular soʻrilarda, neʼmatlarga nazar soladilar.
Ularning chehralaridan neʼmatlarning tarovatini taniysiz.
Ular jannatda muhrlangan pok maydan ichiriladilar.
u mayning muhri mushkdir. Bas, musobaqa qiluvchilar mana shunday mangu neʼmatga yetishish yoʻlida musobaqa qilsinlar!
U mayning aralashmasi tasnimdandir.
Tasnim – Allohga yaqin bandalar ichadigan bir chashmadir.
Darvoqe, jinoyat qilganlar iymon keltirgan zotlar ustidan masxara qilib kular edilar.
Qachonki, ularning oldidan oʻtsalar, bir-birlariga masxaralab koʻz qisardilar.
Qachonki, ahllari oldiga qaytsalar, qilmishlaridan zavqlanib qaytardilar.
Qachonki, ularni koʻrsalar: “Ana ular, shubhasiz, yoʻldan ozgan kimsalardir”, – der edilar.
Holbuki, ular moʻminlarning ustiga qoʻriqchi qilib yuborilgan emasdilar.
Endi bugun iymon keltirganlar kofirlarning ustidan kuladilar.
Ular jannatdagi soʻrilarda kofirlar holiga nazar solib oʻtiradilar.
Kofirlar qilmishlarining jazosini oldilarmi?!