﷽
TasnimTasnim
123456789101112
Al-Qur'an Al-Karim
وَمِزَاجُهُ مِنْ تَسْنِيمٍ7 Safar 1448 AH|July 21, 2026, Tuesday
HomeSurahsMasdar-o'zakI'rab al-Qur'anAl-MufradatSearch the Qur'anAbout us
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114

Surahs

1

Fotiha

7 oyat

الفاتحة
2

Baqara

286 oyat

البقرة
3

Oli Imron

200 oyat

آل عمران
4

Niso

176 oyat

النساء
5

Moida

120 oyat

المائدة
6

An'om

165 oyat

الأنعام
7

A'rof

206 oyat

الأعراف
8

Anfol

75 oyat

الأنفال
9

Tavba

129 oyat

التوبة
10

Yunus

109 oyat

يونس
11

Hud

123 oyat

هود
12

Yusuf

111 oyat

يوسف
13

Ra'd

43 oyat

الرعد
14

Ibrohim

52 oyat

إبراهيم
15

Hijr

99 oyat

الحجر
16

Nahl

128 oyat

النحل
17

Isro

111 oyat

الإسراء
18

Kahf

110 oyat

الكهف
19

Maryam

98 oyat

مريم
20

Toho

135 oyat

طه
21

Anbiyo

112 oyat

الأنبياء
22

Haj

78 oyat

الحج
23

Mu'minun

118 oyat

المؤمنون
24

Nur

64 oyat

النور
25

Furqon

77 oyat

الفرقان
26

Shu'aro

227 oyat

الشعراء
27

Naml

93 oyat

النمل
28

Qosos

88 oyat

القصص
29

Ankabut

69 oyat

العنكبوت
30

Rum

60 oyat

الروم
31

Luqmon

34 oyat

لقمان
32

Sajda

30 oyat

السجدة
33

Ahzob

73 oyat

الأحزاب
34

Saba'

54 oyat

سبأ
35

Fotir

45 oyat

فاطر
36

Yosin

83 oyat

يس
37

Soffat

182 oyat

الصافات
38

Sod

88 oyat

ص
39

Zumar

75 oyat

الزمر
40

G'ofir

85 oyat

غافر
41

Fussilat

54 oyat

فصلت
42

Shuro

53 oyat

الشورى
43

Zuxruf

89 oyat

الزخرف
44

Duxon

59 oyat

الدخان
45

Josiya

37 oyat

الجاثية
46

Ahqof

35 oyat

الأحقاف
47

Muhammad

38 oyat

محمد
48

Fath

29 oyat

الفتح
49

Hujurot

18 oyat

الحجرات
50

Qof

45 oyat

ق
51

Zoriyot

60 oyat

الذاريات
52

Tur

49 oyat

الطور
53

Najm

62 oyat

النجم
54

Qamar

55 oyat

القمر
55

Ar-Rohman

78 oyat

الرحمن
56

Voqea

96 oyat

الواقعة
57

Hadid

29 oyat

الحديد
58

Mujodala

22 oyat

المجادلة
59

Hashr

24 oyat

الحشر
60

Mumtahana

13 oyat

الممتحنة
61

Sof

14 oyat

الصف
62

Jumu'a

11 oyat

الجمعة
63

Munofiqun

11 oyat

المنافقون
64

Tag'obun

18 oyat

التغابن
65

Taloq

12 oyat

الطلاق
66

Tahrim

12 oyat

التحريم
67

Mulk

30 oyat

الملك
68

Qalam

52 oyat

القلم
69

Haqqo

52 oyat

الحاقة
70

Ma'orij

44 oyat

المعارج
71

Nuh

28 oyat

نوح
72

Jin

28 oyat

الجن
73

Muzzammil

20 oyat

المزمل
74

Muddassir

56 oyat

المدثر
75

Qiyomat

40 oyat

القيامة
76

Inson

31 oyat

الإنسان
77

Mursalot

50 oyat

المرسلات
78

Naba'

40 oyat

النبأ
79

Noziot

46 oyat

النازعات
80

Abasa

42 oyat

عبس
81

Takvir

29 oyat

التكوير
82

Infitor

19 oyat

الانفطار
83

Mutoffifun

36 oyat

المطففين
84

Inshiqoq

25 oyat

الانشقاق
85

Buruj

22 oyat

البروج
86

Toriq

17 oyat

الطارق
87

A'laa

19 oyat

الأعلى
88

G'oshiya

26 oyat

الغاشية
89

Fajr

30 oyat

الفجر
90

Balad

20 oyat

البلد
91

Shams

15 oyat

الشمس
92

Layl

21 oyat

الليل
93

Zuho

11 oyat

الضحى
94

Sharh

8 oyat

الشرح
95

Tin

8 oyat

التين
96

Alaq

19 oyat

العلق
97

Qadr

5 oyat

القدر
98

Bayyina

8 oyat

البينة
99

Zalzala

8 oyat

الزلزلة
100

Odiyot

11 oyat

العاديات
101

Qori'a

11 oyat

القارعة
102

Takosur

8 oyat

التكاثر
103

Asr

3 oyat

العصر
104

Humaza

9 oyat

الهمزة
105

Fil

5 oyat

الفيل
106

Quraysh

4 oyat

قريش
107

Mo'un

7 oyat

الماعون
108

Kavsar

3 oyat

الكوثر
109

Kafirun

6 oyat

الكافرون
110

Nasr

3 oyat

النصر
111

Masad

5 oyat

المسد
112

Ixlos

4 oyat

الإخلاص
113

Falaq

5 oyat

الفلق
114

Nos

6 oyat

الناس
Holy QuranTranslationMeaningsTafsir
Holy QuranTranslationMeaningsTafsir

Surah Toho

Revealed in Makka.

Juz 16,Surah 20,135 verses
←

Previous surah

19. Maryam

مريم
الأنبياء

Next surah

21. Anbiyo

→
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ

Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.

20:1

To, Ho.

20:2

Ey Muhammad, Biz sizga ushbu Qurʼonni qiynalib mashaqqat chekishingiz uchun nozil qilmaganmiz.

20:3

Aksincha, uni Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun eslatma qilib nozil qilganmiz.

20:4

Qurʼon Yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zot tomonidan nozil qilingandir.

20:5

U Zot Oʻz Arshini egallagan Rahmondir.

20:6

Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda tuproq ostidagi barcha narsalar Uning mulkidir.

20:7

Agar siz soʻzni oshkora qilsangiz ham yoki pinhona gapirsangiz ham, U Zotga bari birdir. Bas, albatta, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham biladi.

20:8

Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir faqat yolg‘iz Uning Oʻzi bordir. Eng goʻzal ismlar Unikidir.

20:9

Ey Muhammad, sizga Muso haqidagi xabar keldimi?

20:10

Oʻshanda u uzoqdan bir olovni koʻrib oilasiga: “Shu yerda kutib turinglar, men bir olovni koʻrib qoldim, balki sizlarga undan bir choʻg‘ olib kelarman yoki shu oʻt atrofida biror yoʻl koʻrsatuvchi toparman”, – dedi.

20:11

Vaqtiki, u olov yaqiniga kelgach: “Ey Muso!” – deb nido qilindi.

20:12

Ey Muso, albatta, Men sening Robbingman. Bas, kavushlaringni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidasan.

Page 313
20:13

Men seni payg‘ambarlik uchun tanladim. Bas, oʻzingga yuborilayotgan vahiyga quloq sol!

20:14

Haqiqatan, Men Allohman! Mendan oʻzga iloh yoʻq! Bas, Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni toʻkis ado qil!

20:15

Albatta, qiyomat soati keluvchidir. Lekin har bir jon qilgan harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tutaman.

20:16

Bas, qiyomatga ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar aslo seni undan toʻsmasinlarki, u holda halok boʻlasan.

20:17

Ey Muso, ana u qoʻlingdagi nima?!

20:18

Muso: “U hassam, unga suyanaman va u bilan qoʻylarimga daraxtdan barg qoqib beraman. Shuningdek, unda boshqa hojatlarim ham bor”, – dedi.

20:19

Alloh Musoga: “Ey Muso, uni yerga tashla”, – dedi.

20:20

Bas, Muso uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanayotgan ilon boʻlib qoldi.

20:21

Alloh unga: “Uni qaytib ol, qoʻrqma. Biz uni avvalgi holiga qaytaramiz”, – dedi.

20:22

Qoʻlingni qoʻltig‘ingga tiq, qoramtir boʻlgan qoʻling hech qanday yomonliksiz oppoq holda boʻlib chiqadi. Bu esa yana bir boshqa moʻʼjizadir.

20:23

Biz senga katta moʻʼjizalarimizdan birini koʻrsatish uchun shunday qildik.

20:24

Endi, sen firʼavnning oldiga bor. Haqiqatan, u “xudoman” deb haddan oshdi.

20:25

Muso: “Ey Robbim, koʻksimni keng qil”, – dedi.

20:26

Hamda ishimni oson qilgin.

20:27

Duduqligim sababli tilimdagi tugunni yechib yubor.

20:28

Qavmim gapimni yaxshi tushunsinlar.

20:29

Menga oʻz ahlimdan vazir qilgin.

20:30

U vazir birodarim Horun boʻlsin.

20:31

U birodarim bilan belimni quvvatli qilgin.

20:32

Hamda uni payg‘ambarlik ishimda sherik qilgin.

20:33

Toki, Senga koʻproq tasbeh aytaylik.

20:34

Hamda Seni koʻp zikr qilaylik.

20:35

Shubhasiz, Sen bizni koʻrib turuvchi Zotsan.

20:36

Alloh Musoga: “Ey Muso, soʻragan narsang senga berildi”, – dedi.

20:37

Darhaqiqat Biz senga goʻdaklik chog‘ingda ham bir marta inʼom etgan edik.

Page 314
20:38

Oʻshanda sen beshikda ekaningda onangga shunday vahiy yuborgan edik:

20:39

“Uni sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo toʻlqini sohilga otsin. Shunda uni Mening ham, uning ham dushmani firʼavn ushlab oladi”. Ey Muso, sen barchaga suyukli boʻlishing va Mening koʻz oʻngimda oʻsishing uchun senga oʻz tomonimdan muhabbat tashladim.

20:40

Oʻshanda opang seni daryodan ushlab olgan odamlar ortidan yurib: “Sizlarni bu bolaga kafil boʻlib emizadigan ayol oldiga boshlab boraymi?” – deganlarini esla! Soʻng Biz seni koʻzlari quvonsin, g‘amgin boʻlmasin, – deb onangga qaytargan edik. Yigitlik chog‘ingda bir jonni oʻldirib qoʻyganingda, Biz seni bu darddan ham qutqargan edik. Keyin Biz seni koʻp sinovlar bilan sinab koʻrdik. Madyan ahli orasida ham ancha yillar qolding, soʻngra ey Muso, payg‘ambarlik uchun belgilab qoʻyilgan taqdirga koʻra bu yerga kelding.

20:41

Seni oʻzimga payg‘ambarlik uchun tanlab oldim.

20:42

Ey Muso, endi sen va birodaring Horun Mening oyatlarim bilan odamlarga boringlar va Meni zikr qilishda sustlik qilmanglar!

20:43

Ikkingiz firʼavning oldiga boringlar, chunki u “xudoman", deb haddidan oshdi.

20:44

Bas, unga yumshoq soʻz aytinglar. Shoyad, u eslatma olar yoki halok boʻlishidan qoʻrqar.

20:45

Muso va Horun: “Ey Robbimiz, darhaqiqat biz agar uni iymon keltirishga daʼvat qilsak bizga shoshqaloqlik bilan azobga duchor qilishidan yoki battar tug‘yonga ketishidan qoʻrqamiz”, – dedilar.

20:46

Alloh ularga: “Qoʻrqmanglar, albatta, Men sizlar bilan birgaman, barchasini eshitib turaman va koʻraman”, – dedi.

20:47

Bas, sizlar uning oldiga borib: “Biz Robbingning elchilarimiz. Bani Isroil avlodini biz bilan birga vatanlariga qoʻyib yuborgin, ularni azoblama. Biz senga Robbing tomonidan moʻʼjiza keltirdik. Hidoyatga ergashganlarga salom boʻlsin”, – deb aytinglar.

20:48

Unga: “Allohning payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqargan va iymon keltirishdan yuz oʻgirgan kimsalarga, albatta, azob bor deb, bizga vahiy qilindi”, – deb aytinglar.

20:49

Ular firʼavnning yoniga borib daʼvat qilishdi, shunda u: “Ey Muso, siz ikkingizning Robbingiz kim?” – dedi.

20:50

Muso firʼavnga: “Bizning Robbimiz har bir narsaga oʻz yaratilishini koʻrsatib bergan soʻngra uni hidoyatga solgan Zotdir”, – dedi.

20:51

Keyin firʼavn: “Unda avvalgi avlodlarning holi nima boʻldi?” – dedi.

Page 315
20:52

Muso unga: “Ularning maʼlumoti Robbim huzuridagi kitobda bitilgandir. Robbim sira adashmaydi va unutmaydi”, – dedi.

20:53

U Zot Yerni sizlar uchun beshik qilib qoʻydi va unda yoʻllar paydo qildi hamda osmondan suv yog‘dirdi. Bas, u suv bilan turli nabototlardan juftlarini chiqardik.

20:54

Sizlar ulardan yenglar va chorvalaringni oʻtlatinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.

20:55

Biz sizlarni yerdan yaratdik, unga qaytaramiz va qiyomat kunida sizlarni yana bir bor undan chiqaramiz.

20:56

Darhaqiqat, Biz u firʼavnga barcha moʻʼjizalarimizni koʻrsatdik. Bas, firʼavn ularni yolg‘onga chiqardi va yuz oʻgirdi.

20:57

Firaʼvn: “Ey Muso, sen oʻz sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarib yuborish uchun keldingmi”, – dedi.

20:58

U holda, biz ham senga unga oʻxshash sehr keltiramiz. Bas, biz bilan oʻzing orangda bir vaʼdalashilgan joy tanlagin. Biz ham sen ham unga qarshi chiqmaydigan mos bir joy boʻlsin.

20:59

Muso unga: “Vaʼda qilingan vaqtingiz odamlar choshgohda toʻplanadilar ziynat bayrami kunidir”, – dedi.

20:60

Bas, firʼavn borib, oʻzining sehrgarlar bilan makrini yig‘di. Soʻngra vaʼda qilingan joyga keldi.

20:61

Muso u sehrgarlarga: “Holingizga voy boʻlsin, sizlar Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqib moʻʼjizani sehr demanglar, u holda Alloh sizlarni azob bilan halok qiladi. Yolg‘on toʻqiganlar noumid boʻlishlari muqarrardir”, – dedi.

20:62

Bas, sehrgarlar qiladigan ishlarini talashib-tortishib, asta shivirlasha boshladilar.

20:63

Soʻng bir-birlariga: “Albatta, bu ikkovi oʻz sehrlari bilan sizlarni yeringizdan chiqarishni va barchaga namuna boʻlgan yoʻlingizni yoʻqotishni xohlaydigan sehrgarlardir”, – dedilar.

20:64

Endi, bor makr-hiylangizni yig‘ing, keyin saf tortib kelinglar. Bugun ustun boʻlgan kishilar zafar quchadilar.

Page 316
20:65

Maslahatlari bitgach, ular: “Ey Muso, qoʻlingdagi asongni sen oldin tashlaysanmi yoki bizlar birinchi tashlovchi boʻlaylikmi?” – dedilar.

20:66

Muso ularga: “Yoʻq, sizlar oldin tashlanglar”, – dedi. Ular qoʻllaridagi narsalarni tashlagan edilar sehrlari sababli birdan arqonlari va hassalari unga yurib ketayotgandek tuyuldi.

20:67

Bas, Muso ichida bir qoʻrquvni his qildi.

20:68

Biz unga: “Qoʻrqmagin, albatta, sen ulardan ustunsan”, – dedik.

20:69

Alloh unga: “Qoʻlingdagi narsani tashla, sehrgarlarning yasagan narsalarini yutib yuboradi. Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qaerga borsa ham zafar topmaydi”, – dedi.

20:70

Muso asosini tashlagach, ajdarhoga aylanib, ular yasagan narsalarini yutib yubordi. Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga tashlanib: “Horun va Musoning Robbisiga iymon keltirdik”, – dedilar.

20:71

Firʼavn sehrgarlarga: “Men sizlarga ruxsat bermay turib, unga iymon keltirdingizmi?! Shubhasiz, u sizlarga sehr oʻrgatgan kattangizdir. Bas, endi men, albatta, qoʻl va oyoqlaringizni qarama-qarshisiga qilib kesaman va sizlarni xurmo shoxlariga osaman, oʻshanda menmi yoki Musoning xudosimi qaysimiz azoblashda qattiqroq va uzoqroq ekanligini bilib olasizlar”, – dedi.

20:72

Sehrgarlar: “Bizlar oʻzimizga kelgan moʻʼjizalardan va bizlarni yoʻqdan bor qilgan Zotdan aslo seni ustun qoʻymaymiz. Bas, bizga qarshi nima hukm qilsang, qilaver. Sen faqat shu dunyo hayotida hukm qilasan, xolos”, – dedilar.

20:73

Xatolarimizni va bizlarni unga majbur qilgan sehrgarlikdan gunohimizni kechirishi uchun biz Robbimizga iymon keltirdik. Allohning savobi yaxshiroq va azobi boqiyroqdir”, – dedilar.

20:74

Haqiqatan, kimda-kim Robbisining huzuriga gunohkor holida kelsa, albatta, uning uchun jahannam bordir, u joyda na oʻlib qutiladi va na yashab rohatda qoladi.

20:75

Kim u Zotga haqiqatdan yaxshi amallarni qilib, moʻmin holida kelsa, bas, ana ular uchun oliy darajalar bordir.

20:76

Ularga ostidan anhorlar oqadigan, u yerda doimiy qoladigan Adn nomli mangulik jannatlari boʻladi. Bu shirk va kufrdan pok boʻlgan kishilarning mukofotidir.

Page 317
20:77

Biz Musoga: “Bandalarim bani Isroil avlodini tunda olib ket va ular uchun asong bilan urib dengizdan quruq yoʻl och. Ortingdan dushmanlar yetib kelishidan xavf qilmagan va g‘arq boʻlishdan ham qoʻrqma”, – deb vahiy yubordik.

20:78

Shundan keyin, firʼavn ularning ortidan oʻz lashkarlari bilan quvib bordi. Dengiz ularni oʻragancha oʻrab barchalarini dengizga g‘arq qildi.

20:79

Firʼavn oʻz qavmini adashtirdi va toʻg‘ri yoʻlga boshlamadi.

20:80

Ey bani Isroil avlodi, Biz sizlarga dushmaningizdan najot berdik va Musoga Tavrot nozil qilish uchun Tur tog‘ining oʻng tomonida sizlar bilan vaʼdalashdik va sizlarga holva va bedanalar tushirdik.

20:81

Pok rizqlarimizdan yenglar va ularga shukr qilmaslik bilan haddan oshmanglar, aks holda ustingizga g‘azabim tushadi. Kimning ustiga g‘azabim tushsa, albatta, u yiqilib halok boʻladi.

20:82

Shubhasiz, Men tavba qilgan hamda iymon keltirib, solih amallar qilgan, soʻngra toʻg‘ri yurgan kishilar uchun mag‘firat qiluvchi – G‘affor Zotman.

20:83

Ey Muso, qavmingdan nega ildamlab ketding?

20:84

Muso: “Ana ular, izimdan kelyaptilar. Ey Robbim, men esa Sen tomon rozi boʻlishing uchun shoshildim”, – dedi.

20:85

Alloh unga: “Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qilib koʻrdik. Somiriy nomli kishi ularni yoʻldan ozdirdi”, – dedi.

20:86

Keyin, Muso oʻz qavmiga g‘azablangan va afsuslangan holda qaytib kelib: “Ey qavmim, Robbingiz sizlarga Tavrot nozil qilinishi haqida chiroyli vaʼda qilmaganmidi?! Sizlarga oʻtgan vaqt uzun koʻrinib ketdimi yoki ustingizga Robbingiz tomonidan g‘azab tushishini xohlab, menga bergan vaʼdangizni buzdingizmi?!” – dedi.

20:87

Shunda ular: “Bizlar senga bergan vaʼdani oʻz ixtiyorimiz bilan buzmadik. Lekin bizlar Misrdan chiqib kelayotganimizda, qavmning zeb-ziynatlaridan iborat narsalarni koʻtarib chiqqan edik. Keyin Somiriyning koʻrsatmasi bilan ularni olovga tashladik. Soʻngra Somiriy ham narsalarini olovga tashladi”, – dedilar.

Page 318
20:88

Keyin Somiriy ularni olovda eritib, xuddi boʻkirayotgan buzoq kabi haykal yasab chiqarib berdi, soʻng Somiriy va uning sheriklari: “Sizlarning ham, Musoning ham ilohi endi shudir. Bas, Muso buni sizga aytishni unutdi”, – dedilar.

20:89

Axir, bu haykal ularga hech qanday soʻz qaytara olmasligini hamda zarar ham, foyda ham keltirishga kuchi yetmasligini koʻrmaydilarmi?!

20:90

Holbuki, Horun buzoqqa sig‘inishlaridan oldin ularga: “Ey qavmim, sizlar bu bilan imtihon qilindingiz. Robbingiz, shubhasiz, yagona Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!” – degan edi.

20:91

Ular: “Toki Muso bizga qaytib kelmaguncha unga berilib sig‘inishdan aslo toʻxtamaymiz”, – dedilar.

20:92

Muso qaytib kelgach: “Ey Horun, ularning adashganlarini koʻrganingda toʻxtatib qolishdan seni nima man qildi?” – dedi.

20:93

Yoki nega mening orqamdan izlab bormading? Amrimga itoatsizlik qildingmi?!.

20:94

Horun Musoga: “Ey onamning oʻg‘li, soch-soqolimdan tortmagin va meni koyima. Agar orqangdan borsam, sen: “Mening gapimga kirmay, bani Isroil avlodini boʻlib yuboribsan”, – deb aytishingdan qoʻrqdim.

20:95

Soʻngra Muso Somiriyga yuzlanib: “Ey Somiriy, bu nima qilganing?!” – dedi.

20:96

Somiriy Musoga: “Men ular koʻrmagan narsani koʻrib qoldim. Bas, elchi Jabroilning izidan bir siqim olib, uni buzoqning haykaliga sochgan edim undan tirik buzoq kabi boʻkirgan ovoz chiqdi. Nafsim shu ishni qilishni menga chiroyli koʻrsatdi”, – dedi.

20:97

Muso unga: “Bas, joʻna! Endi, sen uchun hayotda, faqat “Menga teginmang!” – deb yurishing qoladi. Hamda senga oxiratda aslo xilof qilinmaydigan bir vaʼda bordir. Sen ustidan berilib sig‘ingan ilohing holiga nazar sol! Biz, albatta, uni yondirib, keyin kulini dengizga maydalab sochib yuboramiz”, – dedi.

20:98

Albatta, ilohingiz Undan oʻzga iloh boʻlmagan Allohdir. U har bir narsani Oʻz ilmi bilan qamrab olgan.

Page 319
20:99

Ey Muhammad, sizga oʻtib ketgan qavmlar xabarlarini shu tarzda qissa qilib beramiz. Shuningdek, sizga oʻz dargohimizdan zikr boʻlmish Qurʼonni keltirdik.

20:100

Kim undan yuz oʻgirsa, bas, shubhasiz, u qiyomat kunida og‘ir gunoh yukini koʻtaradi.

20:101

Ular u yuk ostida mangu qoladilar. Qiyomat kunida ular uchun juda yomon yuk boʻladi.

20:102

Sur chalinib, barcha odamlar tiriltiriladigan oʻsha kunda jinoyatchilarni koʻzlari qoʻrquvdan koʻkarib ketgan hollarida jamlaymiz.

20:103

Ular dahshatga tushib oʻzaro: “Dunyoda faqat oʻn kungina turdinglar”, – deya pichirlashadilar.

20:104

Biz ularning aytayotgan soʻzlarini juda yaxshi biluvchimiz. Oʻshanda ularning yoʻl jihatidan eng munosiblari: “Dunyoda faqat bir kungina qoldinglar”, – deb aytadilar.

20:105

Ey Muhammad, sizdan tog‘larning qiyomatdagi vaziyati haqida soʻraydilar. Bas, ularga: “Robbim ularni qum kabi sochib tashlaydi”, – deb ayting.

20:106

Keyin ularni tep-tekis yer qilib qoʻyadi.

20:107

U yerda chuqurlik ham balandlik ham koʻrmaysiz.

20:108

U kunda barcha odamlar chorlovchi farishtalarga og‘ishmay soʻzsiz ergashadilar. Ovozlar ham Rahmon haybatidan kesiladi. Ularning faqat pichirlashini eshitasiz.

20:109

U kunda Rahmon unga izn bergan va uning soʻziga rozi boʻlganlardan boshqaga shafoat foyda bermaydi.

20:110

Alloh ularning oldilaridagi narsalarni ham, orqalaridagi narsalarni ham biladi. Odamlar esa, Uni ilm bilan qamrab ololmaydilar.

20:111

Barcha yuzlar tirik va doim turuvchi Allohga bosh egdi. Kim zulmni koʻtarib kelgan boʻlsa, albatta, noumid boʻldi.

20:112

Kimda-kim moʻmin boʻlgan holda solih amallarni qilsa, bas, u zulmdan ham mukofoti kamayishdan ham qoʻrqmaydi.

20:113

Shuningdek, Biz uni arabiy Qurʼon qilib nozil qildik va unda ogohlatirishga doir vaʼdalarni bayon qildik. Balki, ular bu shirk va kufrdan saqlanadilar yoki bu Qurʼon ular uchun eslatma paydo qiladi.

Page 320
20:114

Haq podshoh boʻlgan Alloh oliy Zotdir. Ey Muhammad, sizga Qurʼonning vahiysi hali bitmasdan oldin uni qiroat qilishga shoshilmang hamda: “Ey Robbim, menga ilmni yanada ziyoda qil”, – deb ayting.

20:115

Darhaqiqat, Biz oldin Odam bilan jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida ahdlashgan edik. U esa ahdni unutdi va Biz unda azmu qaror koʻrmadik.

20:116

Bir vaqtlar farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar”, – deyishimiz bilan barchalari sajda qildilar, faqat iblis sajda qilishdan bosh tortdi.

20:117

Biz: “Ey Odam, albatta, bu iblis senga ham, juftingga ham dushmandir. Yana u ikkovingizni jannatdan chiqarib yubormasin, aks holda baxtsiz boʻlib qolasan”, – degan edik.

20:118

Shubhasiz, sen u yerda och ham boʻlmaysan va yalang‘och ham qolmaysan.

20:119

Shuningdek, u yerda chanqoq ham boʻlmaysan, issiqda ham qolmaysan.

20:120

Shundan keyin shayton unga vasvasa qilib: “Ey Odam, men seni mangulik daraxti va tuganmas mulkka boshlab boraymi?” – dedi.

20:121

Bas, Odam bilan Havvo undan yeyishlari bilan ularning avratlari ochilib qoldi va oʻzlarini jannat yaproqlari bilan toʻsa boshladilar. Odam Robbisiga osiy boʻlib, adashdi.

20:122

Keyin ular tavba qilishgach, Robbisi uni tanlab oldi. Ularning tavbasini qabul qilib toʻg‘ri yoʻlga soldi.

20:123

Alloh ularga: “Endi, ikkingiz birgalikda, bir-biringizga dushman holda u yerdan tushinglar. Qachonki sizlarga Men tarafdan hidoyat boʻlmish din, kitob yoki payg‘ambar kelgach, kim yuborgan hidoyatimga ergashsa, demak u adashmaydi va baxtsiz boʻlmaydi”, – dedik.

20:124

Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta, uning uchun dunyoda tor hayot boʻladi. Hamda uni qiyomat kunida koʻzlari koʻr holda tiriltiramiz.

20:125

U odam: “Ey Robbim, nima uchun meni koʻzim koʻr holda tiriltirding, axir men dunyoda koʻradigan edim-ku?!” – deydi.

Page 321
20:126

Alloh unga: “Ha shunday, lekin senga oyatlarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday unutilasan”, – deydi.

20:127

Haddidan oshgan va Robbisining oyatlariga iymon keltirmaganlarni mana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi esa, shubhasiz, qattiqroq va uzunroqdir.

20:128

Biz ulardan ilgari oʻzlarining maskanlarida yashab yurgan qanchadan-qancha nasllarni kufrlari sababli halok qilganimiz ham ularni toʻg‘ri yoʻlga solmadimi?! Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.

20:129

Agar Robbingiz tomonidan mukofot va jazolar qiyomat kunida boʻlishi haqidagi soʻz va belgilangan muddat aytib oʻtilmaganda edi, ularga darrov azob berilishi lozim edi.

20:130

Bas, ey Rasulim, ular aytayotgan soʻzlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting. Tunning boshi va oxirgi vaqtlarida hamda kunduzning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbeh ayting shoyad, shunda rozilikka erishsangiz.

20:131

Ey Rasulim, ularni sinashimiz uchun dunyo hayotining ziynati qilib, ayrimlarini bahramand qilgan narsalarimizga koʻzingizni tikmang. Robbingizning sizga ato qiladigan rizqi yaxshiroq va boqiydir.

20:132

Ahlingizni namoz oʻqishga buyuring va oʻzingiz ham unga bardoshli boʻling. Biz sizdan rizq soʻramaymiz, aksincha, Biz sizga rizq beramiz. Chiroyli oqibat esa taqvo ahli uchundir.

20:133

Mushrik va kofirlar: “Muhammad Robbisidan bizlarga biror hujjat keltirsa edi”,– deydilar. Axir ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayoni boʻlgan Qurʼon kelmadimi?!

20:134

Agar Biz ularni Muhammadning kelishi va Qurʼon nozil boʻlishidan oldin biror azob bilan halok qilganimizda, ular, albatta: “Ey Robbimiz, bizlarga biror payg‘ambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va sharmanda boʻlmay oyatlaringga ergashar edik”, – der edilar.

20:135

Ey Muhammad, ularga: “Barchamiz oxiri kim haq, kim nohaq boʻlib chiqishini kutuvchimiz, bas, siz ham kutaveringlar. Yaqinda kimlar toʻg‘ri yoʻl egalari va kim hidoyat topganini bilib olasizlar.