Qiyomat aniq roʻy beruvchidir.
Surah Haqqo
Revealed in Makka.
Juz 29,Surah 69,52 versesRevealed in Makka.
Juz 29,Surah 69,52 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Qiyomat aniq roʻy beruvchidir.
Oʻsha aniq roʻy beruvchi nimadir?
Ey Muhammad, aniq roʻy beruvchining nimaligini sizga nima bildirdi?
Samud va Od qabilalari qattiq zarba beruvchi qiyomat kunini yolg‘onga chiqardilar.
Bas, Samud qabilasi haddan tashqari qattiq chaqmoq bilan halok qilindilar.
Od qabilasi esa, quturgan boʻron bilan halok qilindilar.
Bas, ularning ortlaridan biror narsa hayotda qolganini koʻrayapsizmi?!
Firʼavn ham, undan avvalgi oʻtgan dinsizlar ham, Lut qavmining ostin-ustun boʻlgan qishloq ahllari ham xato ish qildilar.
Bas, ular Robbilarining payg‘ambariga osiy boʻldilar. Bas, Alloh ularni oʻta qattiq ushlash bilan tutib azobladi.
Darvoqe, Biz suv tug‘yonga kelgan vaqtida sizlarni Nuh payg‘ambar yasagan kemada koʻtardik.
Biz buni sizlarga bir eslatma va anglovchi quloqlar fahmlab olishlari uchun ibrat qildik.
Bas, qachonki, surga bir bor puflanganida,
Yer va tog‘lar oʻz joylaridan koʻtarilib, bir-birlariga bir bor urilib chilparchin boʻlganida,
Ana oʻsha kunda voqea sodir boʻlib qiyomat qoim boʻladi.
Osmonlar ham yoriladi. Chunki, osmon u kunda behol boʻlib qoladi.
Oʻsha kunda sizlar hisob-kitob uchun Allohga koʻndalang qilinasizlar, birorta siringiz Undan maxfiy qolmaydi.
Darhaqiqat, men hisobotimga duch kelishimni bilar edim.
Bas, u rozilik hayotida boʻladi.
Oliy jannatda boʻladi.
Uning mevalari qoʻl uzatgudek yaqindir.
Jannat ahliga: “Dunyoda yashab oʻtgan kunlarda qilgan yaxshi amallaringiz tufayli ushbu noz-neʼmatlarni yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar”, – deyiladi.
Buning ustiga, hisob-kitobim qanday boʻlishini ham bilmasam edi!
Eh, qaniydi, oʻsha dunyodagi oʻlimim hamma ishni hal qiluvchi boʻlsa edi!
Menga mol-mulk ham asqotmadi.
Saltanatim ham halok boʻlib ketdi.
Ey jahannam qoʻriqchilari! Uni ushlanglar keyin kishanga solinglar.
Soʻngra uni olovda toblanglar.
Soʻngra uzunligi yetmish quloch boʻlgan zanjirga bog‘langlar.
Chunki, u dunyodalik paytida ulug‘ Allohga iymon keltirmagan edi.
Miskinga taom berishga oʻzini va boshqalarni undamas edi.
Bas, bugun bu yerda unga biror qadrdon doʻst yoʻqdir.
Jahannam ahliga yiringdan boʻlgan taom beriladi.
Uni esa faqat xatokorlar yeydilar.
Sizlar koʻrib turgan narsalar bilan qasam ichaman.
Hamda sizlar koʻrmaydigan narsalar bilan ham qasam ichaman.
Albatta, bu Qurʼon, mukarram Payg‘ambarning Alloh nomidan aytgan soʻzidir!
U biror shoirning soʻzi emasdir. Sizlar ushbu Qurʼonga naqadar oz iymon keltirasizlar?!
U biror folbinning soʻzi ham emas. Naqadar oz eslatma olasizlar?!
U barcha olamlar Robbisi tomonidan nozil qilingan haq kitobdir.
Agar payg‘ambar Bizning nomimizdan Biz aytmagan baʼzi soʻzlarni toʻqib aytganda edi,
Albatta, Biz uning oʻng qoʻlidan tutar edik.
Soʻngra uning shohtomirini kesib tashlagan boʻlar edik.
Shunday qilsak, bas, sizlardan hech kim uni toʻsib qoluvchi boʻlmas edi.
Haqiqatan, bu Qurʼon taqvodorlar uchun eslatmadir.
Biz sizlarning orangizda Qurʼonni yolg‘onga chiqaruvchilar bor ekanini aniq bilamiz.
Albatta, u Qurʼon kofirlarga qiyomat kunida hasrat boʻladi.
Albatta, u Qurʼon aniq haqiqatdir.
Bas, ulug‘ Robbingiz nomi bilan tasbeh ayting!
U boʻronni Alloh ularning ustiga ketma-ket yetti kecha va sakkiz kunduz xizmatkor qilib qoʻydi. Bas, qavmning u yerda ag‘darilib yotganini koʻrar edingiz. Ular xuddi xurmoning chirib ichi boʻshab qolgan xodalariga oʻxshar edilar.
Farishtalar osmon atrofida Allohning amriga muntazir boʻlib turadilar. Ularning ustida Robbingiz Arshini u kunda sakkiz farishta koʻtarib turadi.
Bas, oʻz kitobi oʻng tomonidan berilgan saodatli kimsa: “Mana, mening kitobimni oʻqinglar, – deydi.
Ammo kitobi chap tomonidan berilgan baxtsiz kimsa esa: “Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa edi-ya”, – deydi.