104:1
Kishilar orqasidan g‘iybat qiluvchi, oldida masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy boʻlsin!
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 104,9 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Kishilar orqasidan g‘iybat qiluvchi, oldida masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy boʻlsin!
U mol-dunyoni yig‘ib, uni sanab turar edi.
Topgan moli uni dunyoda abadiy qoldiradi deb oʻylab yurar edi.
Yoʻq! Qasamki, albatta, u chilparchin qiluvchi hutamaga tashlanadi!
Ey inson, chilparchin qiluvchi hutama nima ekanligini senga nima bildirdi?!
U yoqib qoʻyilgan Allohning bir olovidir.
U olov badanlarni teshib oʻtib yuraklarga qadar yetadi.
Albatta, u olov ularning ustidan qoplab olgandir.
Oʻzlari uzun ustunlarda bog‘langan boʻladilar.