101:1
U dahshatlari bilan zarba beruvchi qiyomatdir.
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 101,11 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
U dahshatlari bilan zarba beruvchi qiyomatdir.
Zarba beruvchi nimadir?!
Ey inson, zarba beruvchi nima ekanini senga nima bildirdi?!
U kuni odamlar toʻzib ketgan kapalaklar kabi boʻladilar.
Tog‘lar esa titilgan yung kabi havoda uchib yuradigan boʻladi.
Bas, endi oʻsha kuni kimning tortilgan yaxshi amallari og‘ir kelsa,
Ana u rozilik hayotidadir.
Ammo kimning tortilgan yaxshi amallari yengil kelsa,
Uning joyi chuqur jarlikdir.
Uning nima ekanini sizga nima bildirdi?!
U doʻzaxdagi qattiq qizigan olovdir.