17 Dhul-Hijjah 1447 AHJune 3, 2026, Wednesday

Surah Qori'a

Revealed in Makka.

Juz 30,Surah 101,11 verses

1.U dahshatlari bilan zarba beruvchi qiyomatdir.

2.Zarba beruvchi nimadir?!

3.Ey inson, zarba beruvchi nima ekanini senga nima bildirdi?!

4.U kuni odamlar toʻzib ketgan kapalaklar kabi boʻladilar.

5.Tog‘lar esa titilgan yung kabi havoda uchib yuradigan boʻladi.

6.Bas, endi oʻsha kuni kimning tortilgan yaxshi amallari og‘ir kelsa,

7.Ana u rozilik hayotidadir.

8.Ammo kimning tortilgan yaxshi amallari yengil kelsa,

9.Uning joyi chuqur jarlikdir.

10.Uning nima ekanini sizga nima bildirdi?!

11.U doʻzaxdagi qattiq qizigan olovdir.