1. Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Surah Fotiha
Revealed in Makka.
Juz 1,Surah 1,7 verses2. Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
3. Alloh taolo dunyoda barcha qullariga mehribon boʻlgan – Rahmon, oxiratda esa moʻminlarga marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
4. U qiyomatda yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo beriladigan kunning Egasidir.
5. Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.
6. Ey Alloh, bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin.
7. U shunday yoʻldirki, uni solih bandalaringga inʼom etgansan. Bu toʻg‘ri yoʻl haddan oshganlari uchun g‘azabga duchor boʻlganlarning va shirk keltirib adashganlarniki ham emas.

