1. Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat sohibi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Surah Sof
Revealed in Madina.
Juz 28,Surah 61,14 verses2.Ey iymon keltirganlar, sizlar nega qilmaydigan narsani qilamiz deb aytasizlar?!
3.Qilmaydigan ishingizni qilamiz, deb aytishingiz, Allohning huzurida qattiq nafratga qolgandir.
4.Albatta, Alloh Oʻzining yoʻlida xuddi jipslashgan binolardek saf tortib, jang qiladigan kimsalarni sevadi.
5. Muso oʻz qavmiga: “Ey qavmim, nega sizlar menga Allohning sizlarga yuborgan payg‘ambari ekanimni bilib turib, ozor berasizlar?” – deganini eslang. Bas, qachonki, ular haq yoʻlidan og‘gan edilar, Alloh ham ularning dillarini hidoyatdan burib qoʻydi. Zotan, Alloh fosiqlar qavmini hidoyat qilmaydi.
6.Ey Muhammad, Maryam oʻg‘li Iso: “Ey bani Isroil avlodi, men Allohning sizlarga yuborgan payg‘ambariman. Men oʻzimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va oʻzimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg‘ambar haqida xushxabar beruvchiman”, – deganini eslang. Bas, qachonki, Iso ularga payg‘ambarligiga doir koʻplab hujjatlarni keltirgach, ular “bu aniq sehrdir”, – dedilar.
7.Oʻzi Islomga daʼvat qilinayotganda uni qabul qilish oʻrniga Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqigan kimsadan ham zolim kimsa bormi?! Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmaydi.
8.Ular Allohning nurini og‘izlari bilan oʻchirmoqchi boʻladilar. Holbuki, Alloh garchi kofirlar yoqtirmasalar ham, Oʻz nurini kamolga yetkazuvchidir.
9.Garchi mushriklar yoqtirmasa ham, U payg‘ambari Muhammadni hidoyat va haq din bilan uni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir.
10.Ey iymon keltirganlar, sizlarni jahannamning alamli azobidan qutqaradigan bir tijoratga dalolat qilaymi?
11.U tijorat shuki, Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirasizlar va Alloh yoʻlida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilasizlar. Agar bilsangiz, mana shu siz uchun yaxshi ishdir.
12.Agar shunday qilsangizlar, Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradi hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va Adn jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
13.Alloh sizlarga yana boshqa sizlar uni yaxshi koʻradigan bir neʼmatni ham beradi. U Alloh tomonidan boʻladigan g‘alaba va yaqinda roʻy beruvchi fathdir. Ey Rasulim, moʻminlarga mana shu xushxabarni yetkazing.
14.Ey iymon keltirganlar, Allohning yordamchilari boʻlinglar. Xuddi Maryam oʻg‘li Iso havoriylarga: “Alloh yoʻliga daʼvat qilishimda kim mening yordamchilarim boʻladi?” – deganidek. Havoriylar Isoga: “Biz Allohning dini yoʻlida yordam beruvchilarmiz”, – dedilar. Bas, Isroil avlodidan bir toifa Iso payg‘ambarga iymon keltirdi va bir toifa kufr keltirdi. Bas, Biz iymon keltirgan kimsalarni dushmanlariga qarshi qoʻllab-quvvatladik Natijada, ular g‘olib boʻldilar.

