17 Dhul-Hijjah 1447 AHJune 3, 2026, Wednesday

Surah Qalam

Revealed in Makka.

Juz 29,Surah 68,52 verses

1.Nun. Qalamga va u bilan satrlarga yozadigan narsalarga qasam boʻlsin.

2.Ey Muhammad, siz Robbingizning neʼmati bois majnun emasdirsiz.

3.Albatta, sizga sabr qilganingiz uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.

4.Albatta, siz buyuk xulq ustidasiz!

5.Hali yaqinda barchasini koʻrasiz va ular ham koʻradilar.

6.Qaysilaringiz majnun ekaningizni koʻrasizlar.

7.Albatta, Robbingiz Uning yoʻlidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi biluvchidir.

8.Bas, ey Muhammad, sizni yolg‘onga chiqaruvchilarga itoat qilmang!

9.Agar siz murosa qilsangiz, ular ham murosa qilishni istaydilar.

10.Ey Muhammad, har qanday haqir va qasamxoʻrga itoat qilmang.

11.Shuningdek, odamlarni ayblovchi va chaqimchilik qilib yuruvchiga ham itoat qilmang.

12.Yaxshilikni man qiluvchi ziqna, tajovuzkor, gunohkorga ham.

13.Qoʻpol va bulardan tashqari benasab haromiga ham itoat qilmang.

14.U mol-mulk va oʻg‘illarga ega boʻlgani uchun shunday qiladi.

15.Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: “Bular avvalgilarning afsonalari-ku!” – deydi.

16.Yaqinda uning tumshug‘iga tamg‘a bosib qoʻyamiz.

17.Albatta, Biz Makka ahlini avval bog‘ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Oʻshanda ular, albatta, bu bog‘ hosilini erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.

18.Lekin Xudo xohlasa deb, istisno qilmagan edilar.

19.Bas, tunda ular uyquda boʻlgan chog‘larida, u bog‘ ustida Robbingiz tomonidan boʻlmish aylanuvchi ofat aylanib chiqdi.

20.Bas, u bog‘ xuddi mevasi terib olinganga oʻxshab qoldi.

21.Ular tong saharda bir-birlarini meva terish uchun chaqirdilar.

22.Agar hosilni termoqchi boʻlsangiz, ekinzoringizga bora qolinglar”, – dedilar.

23.Soʻngra, past ovoz bilan gaplashib, yurib ketdilar.

24.Bugun bog‘da hosil terayotgan vaqtda tepangizga biror miskin kirib qolmasin-da”, – der edilar.

25.Ular oʻzlaricha bu maqsadga qodir boʻlgan hollarida ertalab boqqa bordilar.

26.Bas, qachonki, u bog‘ni kulga aylangan holda koʻrgan paytlarida, avval: “Chindan ham, bizlar boshqa boqqa kelib, yoʻldan adashib qoldik, dedilar.

27.Soʻngra ular: “Yoʻq, bizlar bog‘imizdan mahrum boʻlibmiz”, – dedilar.

28.Shunda ularning oʻrtaholi: “Men sizlarga Allohga tasbeh aytmaysizlarmi, demaganmidim?!” – dedi.

29.Ular kech boʻlsa-da: “Robbimizga tasbeh aytamiz. Haqiqatan, bizlar oʻzimizga zulm qiluvchilar boʻldik”, – dedilar.

30.Soʻngra ular bir-birlariga qarab, malomat qila boshladilar.

31.Ular: “Holimizga voy boʻlsin! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi boʻlgan ekanmiz”, – dedilar.

32.Shoyadki, Robbimiz bizlarga bu bog‘dan ham yaxshirog‘ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, Robbimiz tomon intiluvchidirmiz.

33.Azob mana shunday boʻladi! Albatta ular agar bilsalar, oxirat azobi yanada kattaroqdir.

34.Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida neʼmatlanish jannatlari bordir.

35.Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchilarga oʻxshatib qoʻyarmidik?!

36.Ey mushriklar, sizlarga nima boʻldi? Qanday hukm chiqarmoqdasizlar?!

37.Yoki sizlarning qoʻlingizda osmondan tushirilgan biror kitob boʻlib, undan oʻrganyapsizlarmi?!

38.Yoki unda sizlar uchun oʻzlaringiz xohlagan narsa bormi?!

39.Yoki sizlar uchun Bizning zimmamizda: “Oʻzlaringiz hukm qilgan narsa sizlarniki boʻladi”, – degan to qiyomat kunigacha yetadigan qasamlar bormi?!

40.Ey Muhammad, ulardan soʻrang-chi, qaysilari bu behuda daʼvolarining haq ekanligiga kafil boʻla olar ekanlar?!

41.Yoki ularning bu daʼvolarini tasdiqlaydigan sheriklari bordir?! U holda rostgoʻy boʻlsalar, oʻsha sheriklarini olib kelsinlar!

42.Boldirlar ochilib ishlar qiyinlashadigan va sajda qilishga chaqirilganda, lekin sajdaga kuchlari yetmay qoladigan kunni eslang!

43.Oʻshanda ularning koʻzlari qoʻrqinchda va ularni xorlik egallagan boʻladi. Ular dunyo hayotida sog‘lom boʻlgan hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.

44.Bas, ey Muhammad, ushbu soʻzni yolg‘onga chiqaradigan kimsalarni Menga qoʻyib bering! Yaqinda Biz ularni oʻzlari bilmaydigan tomondan asta-sekin tutib halokatga duchor qilamiz.

45.Men ularga gunohlarini koʻpaytirishlari uchun muhlat berib turaman. Zero, Meningmakrimjuda qattiqdir.

46.Ey Muhammad, yoki siz ulardan daʼvatingiz uchun, haq soʻryapsiz-u, ular toʻlovdan qiynalib qolganlarmi?!

47.Yoki ularni oldilarida g‘ayb ilmi bor-u, ular aytayotgan soʻzlarini undan yozib olyaptilarmi?!

48.Bas, ey Muhammad, Robbingizning hukmiga sabr qiling va nahang balig‘i sohibi Yunus payg‘ambar singari besabr boʻlmang! Qaysiki, u baliq qornida turib g‘amga toʻlgan holda Robbisiga nido qilgan edi.

49.Agar unga Robbisi tomonidan neʼmat yetmaganida, albatta, mazammatga qolgan holida quruqlikka uloqtirilgan boʻlar edi.

50.Bas, Robbisi uni yana tanlab oldi va solih payg‘ambarlardan qildi.

51.Albatta, kufr keltirgan kimsalar eslatma boʻlib kelgan Qurʼonni eshitgan vaqtlarida, Sizni koʻzlari bilan yiqitishlariga oz qolar edi vaU aniq majnundir”, – deydilar.

52.Holbuki, u Qurʼon barcha olamlar uchun eslatmadir.