1.Ey Muhammad, Biz sizning koʻksingni iymon va Qurʼon nuri bilan keng qilib qoʻymadikmi?!
Surah Sharh
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 94,8 verses2.Sizdan yukingizni olib qoʻydik.
3.Shundayki, u yuk belingizni ezib turgan edi.
4.Zikringizni ham yuqori qilib qoʻydik.
5.Bas, albatta, har qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
6.Albatta, har qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
7.Bas, ey Muhammad, qachonki, odamlarni daʼvat qilishdan forig‘ boʻlsangiz, oʻrningizdan turing.
8.Robbingizga rag‘bat bilan iltijo qiling!

