Alloh osmonlardagi va Yerdagi barcha narsani albatta, bilishini koʻrmadingizmi?! Uch kishining oʻzaro shivirlashlari boʻlsa, albatta, ularning toʻrtinchisi U Zotdir, besh kishining ham maxfiy suhbati boʻlsa, albatta, oltinchisi yana U Zotdir. Bundan oz boʻladimi yo koʻp boʻladimi, qaerda boʻlsalar ham, albatta, U ular bilan birgadir. Soʻngra qiyomat kuni ularga qilgan amallarining xabarini beradi. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir.

