Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni esa kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatgacha yuradigan qilib boʻysundirib qoʻyganini koʻrmadingizmi?! Albatta, Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardor Zotdir.
There are 56 verses derived from the masdar-o'zak أ ج ل you searched for.
(iddatlarining) oxiriga, muddatlarini, oxiriga, muddatga, uni muddatiga, belgilangan bir muddatga ko'ra, bir muddatga, sababli, bir muddat, va bir muddat
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni esa kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatgacha yuradigan qilib boʻysundirib qoʻyganini koʻrmadingizmi?! Albatta, Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Alloh kechani kunduzga kiritadi va kunduzni kechaga kiritadi. U quyoshni va oyni sizlarning manfaatingiz uchun xizmatkor qilib qoʻygan. Har biri muayyan muddatgacha yurib boradi. Ana shu sizlarning Robbingiz – Allohdir, podshohlik faqat Unikidir. Ey mushriklar, sizlar U Zotni qoʻyib iltijo qilayotgan narsalaringiz esa, danak poʻstlog‘icha ham narsaga ega emaslar.
Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, Yer ustida biror jonivorni tirik qoʻymagan boʻlar edi. Lekin Alloh ularni jazolashni belgilangan qiyomat kunidagi muddatgacha kechiktiradi. Bas, belgilangan muddatlari kelgach esa ularning har biriga qilib oʻtgan yaxshi yoki yomon amallarining mukofot va jazosini beradi. Shubhasiz, Alloh bandalarini koʻrib turuvchi Zotdir.

U osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. U kechani kunduzning ustiga oʻraydi, kunduzni esa kechaning ustidan oʻraydi. U quyoshni ham, oyni ham amriga boʻysundirib qoʻygan. Ularning har biri maʼlum muddatgacha yurib boradi. Ogoh boʻlinglar, U hamma narsaga kuchi yetuvchi – Aziz va bandalariga oʻta kechirimli G‘affor Zotdir!
Alloh jonlarni oʻlimi vaqtida, oʻlmaganlarini esa uyqusi vaqtida oladi. Bas, oʻlimga hukm qilgan jonlarni qaytarmay ushlab qoladi, qolganlarini esa belgilangan bir muddatgacha qoʻyib yuboradi. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
U avval sizlarni tuproqdan, soʻngra bir tomchi nutfadan, soʻngra laxta qondan yaratgan Zotdir. Keyin U sizlarni ona qornidan goʻdak holingizda dunyoga chiqaradi. Soʻngra sizlarni voyaga yetishingiz, keyin qarishingiz uchun ulg‘aytiradi. Sizlarning orangizda bu davrdan oldin vafot etadigan kishilar ham boʻladi. Alloh sizlarni belgilangan ajalgacha yetib borishingiz uchun hayot beradi. Shoyadki, bulardan ibrat olib, aql ishlatsangizlar.
Avvalgi oʻtgan qavmlar oʻzlariga ajralmaslik haqida bilim kelganidan soʻng oʻzaro hasad qilishib, firqalarga boʻlinib ketganlar. Agar Robbingiz tomonidan azoblashni maʼlum muddatgacha kechiktirish haqida soʻz oʻtmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan boʻlar edi. Aniqki, ulardan keyin Tavrot va Injil kitoblariga voris qilingan yahudiy va nasroniy kimsalar undan shubhadadirlar.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi narsalarni faqat haq hikmat va qiyomatgacha belgilangan maʼlum muddat bilan yaratdik. Kufr keltirgan kimsalar esa oʻzlari ogohlantirilgan narsadan yuz oʻgiruvchidirlar.
Sizlardan biringizga oʻlim oni kelganda: “Ey Robbim, meni ozgina hayotda qoldirsang, men sadaqa qilib, solih bandalardan boʻlsam”, – deb aytib qolishidan oldin, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar!
Alloh biror jonni ajali kelganida ortga surmaydi. Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Bas, qachonki, idda muddatlariga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan mahrlarini berib ajrashinglar. Shuningdek, yarashayotgan yoki ajralishayotganda oʻzlaringizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado qilinglar. Bu hukmdan faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi kishi pand-nasihat oladi. Kim Allohga taqvo qilsa, unga tashvishlardan chiqish yoʻlini paydo qiladi.
Xotinlaringiz orasidagi keksayib hayz koʻrishdan umid uzganlari, agar sizlar ularning iddalari qancha davom etishi xususida shubhalansangizlar, bas, bilingki, ularning iddalari uch oydir, yana hali hayz koʻrmaganlarning iddalari ham shundaydir. Homiladorlarning idda muddatlari homilalarini tug‘ishlaridir. Kimki Allohga taqvo qilsa, Alloh uning ishini oson qiladi.
Shunda Alloh sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni belgilangan muddatgacha hayotda qoldiradi. Agar bilsangiz edi, Allohning muddati kelganda, aslo ortga surdirilmaydi.
Shunda Alloh sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni belgilangan muddatgacha hayotda qoldiradi. Agar bilsangiz edi, Allohning muddati kelganda, aslo ortga surdirilmaydi.
Payg‘ambarlar oʻz qavmlari bilan hisoblashishlari qaysi kunga belgilangan edi?!