Alloh sudxoʻrlikdagi foizni yoʻq qiladi, sadaqalardagi barakatni orttiradi. Alloh sudxoʻrlik qiladigan har bir kofir va gunohkorni sevmaydi.)
There are 377 verses derived from the masdar-o'zak ك ل ل you searched for.
zamon, har, hamma, shundaymi?, qachon, hammasi, har xil, har (ummatning) bor, har xil-, har xil
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh sudxoʻrlikdagi foizni yoʻq qiladi, sadaqalardagi barakatni orttiradi. Alloh sudxoʻrlik qiladigan har bir kofir va gunohkorni sevmaydi.)
Hammangiz unda Allohga qaytariladigan qiyomat kunidan qoʻrqingar. Soʻngra u yerda har bir jonga qilgan ishi uchun toʻliq jazo yoki mukofot beriladi va ularga nohaqlik qilinmaydi.
Ey moʻminlar, maʼlum bir muddatga bir-birlaringiz bilan qarz oldi-berdi muomalasini qilsangiz, uni yozib qoʻyinglar. Oralaringizdagi bir kotib adolat bilan toʻg‘ri qilib yozsin. Hech qaysi bir kotib Alloh bildirganidek yozishdan bosh tortmasin, qanday boʻlsa, shunday yozsin. Zimmasida qarzi boʻlgan kishi aytib turib yozdirsin hamda Robbisi boʻlgan Allohdan qoʻrqsin va olgan qarzidan biror narsa kamaytirib yozdirmasin. Bordi-yu boʻynida qarzi boʻlgan odam aqli noraso, yosh yoki juda keksaligi bois ojiz hamda karligi, soqovligi va til bilmasligi tufayli aytib turishga qodir boʻlmasa, u holda uning vakili adolat bilan aytib tursin. Shuningdek, erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qilinglar. Agarda ikki erkak boʻlmasa, sizlar rozi boʻladigan guvohlardan bir erkak kishi va ikki ayolni guvoh qilinglarki, biri unutib adashganda ikkinchisi eslatib turadi. Guvohlar guvohlik uchun chaqirilganda kelishdan bosh tortmasinlar. Qarz xoh katta boʻlsin, xoh kichik boʻlsin muddatigacha yozib qoʻyishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida eng adolatli, shohidlik uchun eng durust va gumon qilmaslik uchun eng yaqin boʻlgan hukmdir. Lekin oralaringizda aylantirib turgan naqd savdo muomalangiz boʻlsa, uni yozmaslikda sizlarga gunoh boʻlmaydi. Oʻzaro oldi-berdi qilganingizda ham guvoh keltiringlar. Agar xarajatlari boʻlsa, yozgan odam ham, guvoh ham zarar qilmasinlar. Agar ularga zarar qilsangiz, shubhasiz, bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qoʻrqinglar, Alloh sizlarga shu tariqa taʼlim beradi. Alloh barcha narsani biluvchi Zotdir.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsalar Allohnikidir. Ichingizdagi narsani xoh oshkor qilinglar xoh berkitinglar Alloh sizlarni shu bilan hisob-kitob qiladi. Keyin xohlaganini kechiradi, xohlaganiga azob beradi. Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Allohning Rasuli boʻlgan Muhammad oʻziga Robbidan nozil qilingan Qurʼonga iymon keltirdi va moʻminlar ham iymon keltirdilar. Ularning barchalari Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga “Allohning Rasullarini bir-biridan ajratmaymiz”, – deb iymon keltirganlar. Hamda ular: “Eshitdik va itoat qildik, ey Robbimiz, bizlarni mag‘firat qil va oxirgi boradigan joy Oʻzinggadir”, – dedilar.
Ey Rasulim, U sizga Qurʼon kitobni tushirgan Zotdir. U Qurʼonda bir qismi kitobning onasi, yaʼni asli hisoblangan ochiq-oydin muhkam oyatlar va yana maʼnosi, faqat Allohga maʼlum hamda tushunish qiyin boʻlgan boshqa mutashobih oyatlar ham bordir. Lekin qalblarida haqdan og‘ishga moyil boʻlgan kimsalar fitna chiqarish va oʻzlaricha maʼno berib, taʼvil qilish maqsadida undagi mutashobih oyatlarni ushlab olib ergashadilar. Vaholanki, asl taʼvilini Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi. Ilmda kuchli boʻlgan kimsalar esa: “Biz unga iymon keltirdik va u oyatlarning barchasi Allohning huzuridandir”, – deydilar. Bulardan, faqat aql egalari oʻgit oladilar.
Haq ekanligiga unda hech qanday shubha boʻlmagan qiyomat kunida ularni toʻplaganimizda va hech bir nafsga zulm qilinmay qilgan ishiga yarasha toʻliq jazo va mukofot berilganda, hollari qanday kechar ekan?!
Ey Muhammad, “Allohim, Sen barcha mulkning mutlaq egasidirsan. Sen xohlagan kishingga molu davlat berasan va xohlagan kishingdan u mulkni tortib olasan, xohlagan kishingni aziz qilasan va xohlagan kishingni xor qilasan. Barcha yaxshilik yolg‘iz Sening qoʻlingdadir. Albatta, Sen har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotsan”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Dillaringizdagi narsani xoh pinhon tuting, xoh oshkor qiling, Alloh uni, albatta, biladi. Shuningdek, U osmonlardagi narsalarni ham, Yer yuzidagi narsalarni ham hammasini biladi. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir”, – deb ayting.
Har bir nafs qilgan yaxshi amallarining natijasini qarshisida hozir holda topadigan va qilgan yomon amallarini oralarida uzoq masofalarda qolib, yoʻq boʻlib ketishini istaydigan qiyomat kunini eslanglar! Alloh sizlarni Oʻzining azobidan ogohlantiradi. Alloh bandalarga shafqatli – Raʼuf Zotdir.
Shunday qilib, Robbisi uni nazr uchun chiroyli qabul qilib, uni goʻzal nabotot kabi yetishtirib parvarishladi va qaramog‘iga Zakariyoni kafil qildi. Har safar Zakariyo Maryamning oldiga, yaʼni ibodatxonadagi mehrobga kirganida, yonida rizq-nasiba tayyor turganini koʻrar edi. Shunda Zakariyo: “Ey Maryam, bular senga qaerdan keldi?” – deb soʻrasa, Maryam: “Bular Allohning huzuridan keldi. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq beradi”, – deb aytgan edi.
Tavrot kitobi nozil qilinmasdan burun Isroilning maʼlum sabablarga koʻra oʻziga harom qilganidan tashqari barcha taomlar bani Isroil avlodlariga halol qilingan edi. Ey Rasulim, ularga “Agar soʻzingizda rostgoʻy boʻlsangiz, unda Tavrotni keltirib, uni oʻqib koʻringlar”, – deb ayting.
Hoy siz moʻminlar, nega siz ularni yaxshi koʻrasizlar-u, ular sizlarni yoqtirmaydilar. Siz moʻminlar barcha samoviy kitoblarga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarnikiga iymon keltirmaydilar. Sizlarga roʻpara kelganlarida: “Biz ham iymon keltirdik”, – deyishadi. Oʻzlari alohida qolishganda esa sizga boʻlgan g‘azablaridan barmoqlarini tishlaydilar. Ey Rasulim, ularga: “Shu g‘azablaringiz bilan oʻlib ketinglar!” – deb ayting. Shubhasiz, Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Keyin bu g‘amning ketidan sizlarga bir omonlik uyqu holatini tushirib, siz moʻminlardan boʻlgan bir toifani bu tuyg‘u qamrab oldi. Munofiqlardan boʻlgan boshqa toifa esa jon talvasasiga tushib, Alloh haqida johilona fikrlari bilan nohaq gumonda boʻlar edilar. Ular: “Oʻzi bizga bu ishdan nima foyda?!” – derdilar. Ey Rasulim, ularga: “Barcha ishlar Allohga oiddir”, – deb ayting. Ular sizga oshkor qilmagan munofiqliklarini ichlarida yashirib yuradilar. Hamda ular: “Agar bizda bu ish yuzasidan tanlov boʻlganida edi, bu yerda oʻldirilmas edik”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar uylaringizda oʻtirgan boʻlsangiz ham, oʻldirilishi Alloh tomonidan yozilgan kishilar mutlaqo halokat joylariga kelib qolgan boʻlar edilar. Alloh bu mag‘lubiyatni koʻngillaringizdagi iymon yoki nifoqni sinash va qalblaringizdagi kirlarni tozalash uchun qildi. Shubhasiz, Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Hech bir payg‘ambar oʻljaga xiyonat qilishi mumkin emas. Kimki oʻljaga xiyonat qilsa, qiyomat kuni oʻsha xiyonati bilan birga huzurimizga keladi. Soʻngra har nafs egasi qilgan ishiga yarasha zulm qilinmagan holda mukofot yoki jazosini toʻliq oladi.
Badr jangida dushmanga ikki barobar yetkazgan musibatingiz, Uhud jangida sizga ham yetgach: “Bu mag‘lubiyat bizga qaerdan keldi”, – deb aytyapsizmi? Ey Rasulim, ularga: “Bu itoatsizligingiz tufayli oʻz nafsingizdan keldi”, – deb ayting. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mavjudotning boshqaruvi Allohga oiddir. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Alloh farzandlaringizga meros borasida bir oʻg‘il uchun ikki qiz ulushi miqdoricha meros berishni amr qiladi. Agar merosxoʻrlar ikkidan ortiq ayol boʻlsalar, ularga marhum qoldirganning uchdan ikkisi tegadi. Bordi-yu yakka qiz boʻlsa, unga merosning yarmi tegadi. Agar marhumning farzandi boʻlsa, ota-onasining har biriga qoldirgan merosning oltidan biri tegadi. Bordi-yu farzandi boʻlmay, faqat ota-onasi merosxoʻr boʻladigan boʻlsa, unda onasiga uchdan bir ulush tegadi. Agar marhumning aka-ukalari boʻlsa, onasiga oltidan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado qilingandan keyin ijro etiladi. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaati eng yaqinroq ekanini bilmaysizlar. Bular Alloh tarafidan sizlarga qilingan farzdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Agar xotinlaringizning farzandi boʻlmasa ular qoldirgan merosdan yarmi sizlarga tegadi. Bordi-yu ularning farzandlari boʻlsa, sizlarga ular qoldirgan merosdan toʻrtdan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar u marhumalarning qilgan vasiyati yoki qarzi adosidan keyin ijro etiladi. Agar farzandlaringiz boʻlmasa u xotinlarga sizlar qoldirgan merosning toʻrtdan bir ulushi tegadi. Bordi-yu farzandingiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan merosning sakkizdan bir ulushi tegadi. Bu taqsimotlar sizlar qilgan vasiyat yoki qarz adosidan keyin ijro etiladi. Agar marhum erkak yoki ayol kimsasiz, yaʼni ota-onasi ham, farzandlari ham boʻlmay, bitta aka yoki uka yoxud opa yoki singlisi qolgan boʻlsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir hissa tegadi. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, ular merosning uchdan biriga sherik boʻladilar. Bu taqsimotlar merosxoʻrlarga zarar bermaydigan holda, qilingan vasiyat va qarzlar ado etilgandan keyin Allohning amriga binoan ijro qilinadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.