Ey Robbimiz, bizni hidoyatga solganingdan keyin qalblarimizni toʻg‘ri yoʻldan og‘dirma va bizlarga huzuringdan rahmat ato et! Shubhasiz, Sen barcha neʼmatlarni beruvchi – Vahhob Zotsan.
There are 18 verses derived from the masdar-o'zak ل د ن you searched for.
huzuridan, o'z huzuri-, huzurimiz-, tomonidan, huzuridan (tushirdi), huzurimizdan, mening tomonimdan, o'z huzurimizdan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Robbimiz, bizni hidoyatga solganingdan keyin qalblarimizni toʻg‘ri yoʻldan og‘dirma va bizlarga huzuringdan rahmat ato et! Shubhasiz, Sen barcha neʼmatlarni beruvchi – Vahhob Zotsan.
Mana shu yerda Zakariyo Robbiga duo qilib: “Robbim, menga ham Oʻz huzuringdan bir pokiza zurriyot ato ayla! Albatta, Sen duolarni eshituvchisan”, – dedi.
Albatta, Alloh hech kimga bir zarra miqdoricha ham zulm qilmaydi. Agar zarracha yaxshilik qilingan boʻlsa, uning savobini bir necha barobar koʻpaytiradi. Hamda Oʻz huzuridan ulug‘ ajr-mukofot ato etadi.
Shunda Biz ularga Oʻz huzurimizdan ulkan mukofot bergan boʻlar edik.
Ey ahli iymon, sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida erkaklar, ayollar va bolalardan ojiz qolganlarni qutqarish uchun jang qilmayapsizlar? Axir u chorasiz kimsalar: “Ey Robbimiz, bizlarni aholisi zolim boʻlgan bu shahardan chiqargin. Bizlarga Oʻz tomoningdan bir doʻst va Oʻz huzuringdan bizlarga yordam beruvchilarni ato qilgin”, – deb aytmoqdalar.
Ey ahli iymon, sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida erkaklar, ayollar va bolalardan ojiz qolganlarni qutqarish uchun jang qilmayapsizlar? Axir u chorasiz kimsalar: “Ey Robbimiz, bizlarni aholisi zolim boʻlgan bu shahardan chiqargin. Bizlarga Oʻz tomoningdan bir doʻst va Oʻz huzuringdan bizlarga yordam beruvchilarni ato qilgin”, – deb aytmoqdalar.
Alif, Lom, Ro. Bu oyatlari mustahkam qilingan, soʻngra hikmat sohibi – Hakim va barcha narsalardan xabardor boʻlgan – Xobir Zot tomonidan batafsil bayon qilingan kitobdir.
Yana duo qilib: “Ey Robbim, meni qabrdagi kiradigan joyimga gunohlarim kechirilgan holda sodiqlik bilan kiritgin va qayta chiqadigan joyimdan ham sodiqlik bilan chiqargin. Menga Oʻz huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato qil”, – deb ayt.
Qurʼon haq va toʻg‘ridir. Oʻz huzuridan keladigan qattiq azob bilan ogohlantirish va yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlarga chiroyli mukofot xushxabarini berish uchun nozil boʻlgan.
Qachonki, yigitlar g‘orga panoh istab borib: “Ey Robbimiz, bizlarga Oʻz huzuringdan rahmat ato etgin va maqsadimizga erishishimiz uchun bu ishimizni bizlarga oson qilgin”, – dedilar.
Keyin u yerda bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga Oʻz dargohimizdan rahmat ato qilgan va Oʻz huzurimizdan ilm bergan edik.
Shunda Muso: “Agar bundan keyin ham sendan biror narsa haqida soʻrasam, meni oʻzingga hamroh qilmagin. Chunki men tomondan uzrda meʼyorga yetgan boʻlasan”, – dedi.
Mening ortimda qoladigan qarindoshlarimning dinga daʼvatni toʻxtatib qoʻyishlaridan qoʻrqaman. Xotinim esa tug‘mas boʻlib qolgan. Endi, Sen Oʻz dargohingdan menga yordamchi boʻlgan bir farzand ber.
Shuningdek, unga Oʻz dargohimizdan mehribonlik hamda poklik ato qildik va u taqvodor boʻldi.
Ey Muhammad, sizga oʻtib ketgan qavmlar xabarlarini shu tarzda qissa qilib beramiz. Shuningdek, sizga oʻz dargohimizdan zikr boʻlmish Qurʼonni keltirdik.
Iymonu, koʻngilxushlik qilishni xohlaganimizda edi, Biz uni Oʻz tomonimizdan qilgan boʻlar edik.
Ey Muhammad, albatta, sizga bu Qurʼon oʻta hikmatli va oʻta biluvchi Zot tomonidan beriladi.
Quraysh kofirlari: “Ey Muhammad, agar bizlar sen bilan birga toʻg‘ri yoʻlga ergashsak, yerimizdan tortib olinamiz”, – deydilar. Axir, Biz ularga osoyishta Haramni makon qilib bermadikmi?! Barcha narsaning hosillari Bizning dargohimizdan rizq boʻlib u yerga yig‘iladi-ku! Lekin odamlarning koʻpchiligi bu haqiqatni bilmaydilar.