Alloh Oʻz bandasi Muhammadni asrashga yetarli emasmi?! Ey Rasulim, ular sizni Allohdan oʻzga narsalar bilan qoʻrqitadilar. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun biror toʻg‘ri yoʻl koʻrsatuvchi boʻlmaydi.
There are 308 verses derived from the masdar-o'zak لَهُ you searched for.
uning, unikdir, Unga, unga, o'zi, uning uchun bor, o'zi uchun, (bola o'ziga tegishli bo'lgan), (bolaning tegishli bo'lgani), Unikdir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh Oʻz bandasi Muhammadni asrashga yetarli emasmi?! Ey Rasulim, ular sizni Allohdan oʻzga narsalar bilan qoʻrqitadilar. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun biror toʻg‘ri yoʻl koʻrsatuvchi boʻlmaydi.
Kimni Alloh toʻg‘ri yoʻlga boshlasa, bas, uning uchun biror yoʻldan ozdiruvchi boʻlmaydi. Alloh qudratli va dushmanlardan intiqom oluvchi Zot emasmi?!
Ey Rasulim, ularga: “Barcha shafoat faqat Allohga xosdir. Osmonlar va Yerning hukmronligi ham Unikidir. Soʻngra oxiratda barchalaringiz Uning huzuriga qaytarilasizlar”, – deng.
Sizlarga azob kelib, keyin yordam berilmay qolishidan oldin tavba qilib Robbingizga qaytinglar va Unga taslim boʻlinglar.
Osmonlar va Yerning kalitlari Unikidir. Allohning oyatlariga kufr keltirgan kimsalar – ana oʻshalargina oxiratda ziyon koʻruvchilardir.
Bas, ey moʻminlar, garchi kofirlar yoqtirmasalar ham Allohga dinni xolis qilgan holingizda duo qiling.
U kunda sizlar ortga qarab qochasizlar. Biroq sizlar uchun Allohning azobidan saqlab qoluvchi boʻlmaydi. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hidoyat qiluvchi boʻlmaydi.
Shubha yoʻqki, albatta, sizlar meni unga ibodat qilishga chorlayotgan narsalaringiz dunyoda ham oxiratda ham hech kimni daʼvat qila olmaydi. Albatta, barchamizning qaytib borishimiz Allohgadir. Albatta, haddan oshuvchilar, ana oʻshalar doʻzax egalaridir.
U hamisha tirikdir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, ey moʻminlar, sizlar dinni Unga xolis qilgan holingizda duo qilinglar. Barcha olamlarning Robbisi Allohga hamd boʻlsin.
U tiriltiradigan va oʻldiradigan Zotdir. Agar biror ishni hukm qilsa, unga faqat: “Boʻl!” – deydi, xolos. Bas, u ish boʻladi.
Ey Rasulim ularga: “Haqiqatan, ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan Zotga kufr keltirasizlarmi?! Unga boshqalarni teng qilasizlarmi?! Axir, U olamlarning Robbidir”, – deb ayting.
Bas, agar sajda qilishdan bosh tortib kibrlansalar, bilingki, Robbingiz huzuridagi farishtalar kecha-yu kunduz hech malol olmay Unga tasbeh aytib sajda qiladilar.
Osmonlar va Yerdagi barcha narsalar Unikidir. U oliy va buyukdir.
Osmonlar va Yer xazinalarining kalitlari Unikidir. U Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qiladi va xohlaganini tor qiladi. Darhaqiqat, U barcha narsani biluvchidir.
Allohning dini haqida uni qabul qilinganidan soʻng odamlarni adashtirish uchun talashadigan kishilarning hujjatlari Robbilari nazdida botildir. Ularga bu dunyoda g‘azab, oxiratda esa shiddatli azob bordir.
Kim oʻz amali bilan oxirat hosilini istasa, unga hosilini ziyoda qilib beramiz. Kimki, faqat dunyo hosilini xohlasa, unga bu dunyo nasibasini beramiz. Biroq uning uchun oxiratda nasiba boʻlmaydi.
Kim oʻz amali bilan oxirat hosilini istasa, unga hosilini ziyoda qilib beramiz. Kimki, faqat dunyo hosilini xohlasa, unga bu dunyo nasibasini beramiz. Biroq uning uchun oxiratda nasiba boʻlmaydi.
Allohning iymon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari mana shudir. Ey Muhammad, ularga: “Men sizlardan bu daʼvatim uchun haq soʻramayman, faqat qarindoshchilikdagi mehrinigina soʻrayman”, – deb ayting. Kimki, biror yaxshi amal qilsa, uning uchun oʻsha amalida yaxshilikni ziyoda qilamiz. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va koʻp savob beruvchi – Shakur Zotdir.
Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, unga oʻshandan keyin biror yoʻl koʻrsatuvchi doʻst boʻlmaydi. Unday zolimlarning qiyomat kuni azobni koʻrgan vaqtlarida: “Yana bir bor dunyoga qaytishga yoʻl bormikan?” – deb aytayotganlarini koʻrasiz.
Qiyomatda ularga Allohdan boshqa yordam beradigan hech qanday doʻstlar boʻlmaydi. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun biror toʻg‘ri yoʻl yoʻqdir.