Yoki uning suvi yer qaʼriga singib ketib, sen uni izlab ham topa olmay qolasan.
There are 308 verses derived from the masdar-o'zak لَهُ you searched for.
uning, unikdir, Unga, unga, o'zi, uning uchun bor, o'zi uchun, (bola o'ziga tegishli bo'lgan), (bolaning tegishli bo'lgani), Unikdir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Yoki uning suvi yer qaʼriga singib ketib, sen uni izlab ham topa olmay qolasan.
Shuningdek, unga Allohdan boshqa na bir yordam beradigan jamoa boʻldi va na oʻzi oʻziga yordam bera oluvchi boʻldi.
Muso Xizr bilan koʻrishgach, unga: “Senga bildirilgan bilimdan, menga ham toʻg‘ri yoʻlni oʻrgatishing uchun senga ergashsam maylimi?” – dedi.
Darhaqiqat, Biz Zulqarnaynga Yerda ulkan imkon berdik. Hamda barcha istagan narsasiga erishish sababini ham ato qildik.
Ammo kim iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, unga goʻzal mukofot bordir. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyuramiz.
Ammo kim iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, unga goʻzal mukofot bordir. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyuramiz.
Endi, Yaʼjuj va Maʼjuj qabilasi u toʻsiqning ustiga chiqishga ham, uni teshib oʻtishga ham kuchlari yetmaydi.
Alloh unga: “Ey Zakariyo, Biz senga bir bola xushxabarini beramiz. Uning ismi Yahyo boʻlib, ilgari unga hech kimni ismdosh qilmaganmiz”, – deb vahiy qildi.
Allohga hech qanday farzand tutish mumkin emasdir. U bunday nuqsondan pokdir. U biror ishni qilishni istasa, faqat unga “Boʻl!” – deydi, bas, oʻsha ish darhol boʻladi.
Bas, Ibrohim ulardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan butlaridan chetlangach, Biz unga farzand qilib Ishoqni va nabira qilib Yaʼqubni berdik hamda barchalarini payg‘ambar qildik.
Biz unga Oʻz rahmatimiz bilan birodari Horunni payg‘ambar qilib berdik.
Jabroil: “Biz farishtalar faqat Robbingizning amri bilan tushamiz. Oldimizdagi oxirat ham, ortimizdagi dunyo ham, ikkisi oʻrtasidagi barcha ishlar ham, faqat Uning izmidadir. Robbingiz unutuvchi boʻlmagan”, – deydi.
Alloh osmonlar, Yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbisidir. Bas, Unga ibodat qiling va ibodatida bardoshli boʻling. Axir Unga teng biror ismni bilasizmi?!
Ey Muhammad, ularga: “Kim zalolatda boʻlsa, bas, Rahmon uning muddatini uzaytirsin, toki oʻzlariga vaʼda qilingan dunyo azobini yoki qiyomatni koʻrganlarida, albatta, kimning martabasi yomonroq va lashkari zaifroq ekanini biladilar”, – deb ayting.
Yoʻq, unday emas, albatta, Biz uning aytayotgan soʻzini yozib qoʻyamiz hamda unga azobni uzaytirib qoʻyamiz.
Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda tuproq ostidagi barcha narsalar Uning mulkidir.
Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir faqat yolg‘iz Uning Oʻzi bordir. Eng goʻzal ismlar Unikidir.
“Uni sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo toʻlqini sohilga otsin. Shunda uni Mening ham, uning ham dushmani firʼavn ushlab oladi”. Ey Muso, sen barchaga suyukli boʻlishing va Mening koʻz oʻngimda oʻsishing uchun senga oʻz tomonimdan muhabbat tashladim.
Bas, unga yumshoq soʻz aytinglar. Shoyad, u eslatma olar yoki halok boʻlishidan qoʻrqar.
Firʼavn sehrgarlarga: “Men sizlarga ruxsat bermay turib, unga iymon keltirdingizmi?! Shubhasiz, u sizlarga sehr oʻrgatgan kattangizdir. Bas, endi men, albatta, qoʻl va oyoqlaringizni qarama-qarshisiga qilib kesaman va sizlarni xurmo shoxlariga osaman, oʻshanda menmi yoki Musoning xudosimi qaysimiz azoblashda qattiqroq va uzoqroq ekanligini bilib olasizlar”, – dedi.