Agar menga iymon keltirmasangizlar, u holda mendan uzoq turinglar.
There are 66 verses derived from the masdar-o'zak لِيَ you searched for.
menga, mening, mening (haddimga), men uchun, meni, menikdir, mening bo'lganida, menga ham, men uchun bo'lganida, mening haqqimdir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agar menga iymon keltirmasangizlar, u holda mendan uzoq turinglar.
Yoki ular: “Muhammad uni oʻzi toʻqib olgan”, – deydilarmi?! Ey Rasulim, ularga: “Agar uni oʻzim toʻqib olgan boʻlsam, u holda, Allohdan keladigan biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U Zot bu kitob haqida siz shoʻng‘iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Uning Oʻzi men bilan sizlarning oʻrtangizda yetarli guvohdir”, – deb ayting. Shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik. Onasi uni qornida qiynalib koʻtarib yurgan va uni qiynalib tuqqandir. Unga homiladorligi va uni sutdan ajratish muddati oʻttiz oydir. Bas, qachonki, u voyaga yetib, qirq yoshga toʻlganida: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq qilgin va men uchun zurriyotimni isloh qil! Albatta, men Senga gunohlarimdan tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman”, – deydi.
Alloh iymon keltirgan kimsalar haqida firʼavnning xotinini misol keltirdi. Oʻshanda u: “Ey Robbim, Oʻzing men uchun huzuringdagi jannatda bir uy bino qilgin, menga firʼavn va uning qilmishidan najot bergin. Meni zolimlar qavmidan xalos qilgin!” – dedi.
Ey Robbim, meni, ota-onamni, uyimga moʻmin holda kirgan kishilarni va barcha moʻminu moʻminalarni mag‘firat qilgin! Zolimlarga esa faqat halokatni ziyoda qilgin!
Sizlarning diningiz oʻzingiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir.