فَقَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَوْمِهِ مَا نَرَاكَ إِلَّا بَشَرًا مِثْلَنَا وَمَا نَرَاكَ اتَّبَعَكَ إِلَّا الَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِيَ الرَّأْيِ وَمَا نَرَىٰ لَكُمْ عَلَيْنَا مِنْ فَضْلٍ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَاذِبِينَ
Shunda qavmi orasidagi kufr keltirgan zodagonlari: “Seni biz xuddi oʻzimizdek oddiy inson deb bilamiz va senga faqat quyi tabaqadagi odamlarimiz oʻylamay bir koʻrishda ergashganini ham koʻryapmiz. Sizlarni bizdan afzal joyingizni koʻrmayapmiz. Aksincha, sizlarni yolg‘onchi deb oʻylayapmiz”, – dedilar.

