U osmonlar va Yerdagi barcha narsani biladi. Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
There are 2124 verses derived from the masdar-o'zak مَا you searched for.
narsaga, va narsaga, bo'lmaganlar holda, , emaslar, sababli, etmadi, va emas, kabi, hatto bo'lganini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
U osmonlar va Yerdagi barcha narsani biladi. Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
U osmonlar va Yerdagi barcha narsani biladi. Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Kufr keltirgan kimsalar oʻzlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar. Ey Muhammad, ularga: “Yoʻq! Robbimga qasamki, albatta, qayta tiriltirilasizlar, soʻngra, albatta, sizlarga qilgan barcha amallaringizning xabari beriladi. Bu ish Allohga osondir”, – deb ayting.
Bas, sizlar Allohga, Uning payg‘ambariga va Biz nozil qilgan nurga iymon keltiringlar. Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Insonga biror musibat yetgan boʻlsa, albatta, u Allohning izni bilan yetadi. Kimki iymon keltirsa, Alloh uning qalbini toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Alloh har bir narsani biluvchidir.
Bas, qoʻlingizdan kelganicha Allohga taqvo qilinglar, nasihatga quloq tuting, itoat qiling va muhtojlarga ehson qilinglar. Mana shu oʻzingiz uchun yaxshiroqdir. Kimki oʻz nafsining ziqnaligidan saqlansa, bas, aynan oʻshalar zafar topuvchilardir.
Oʻziga toʻq odam boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tor qilingan boʻlsa, u holda, Alloh unga ato qilgan narsadan holiga yarasha nafaqa bersin. Alloh hech bir jonga Oʻzi berganidan ortiqchani berishni taklif qilmaydi. Alloh qiyinchilikdan keyin osonchilikni ham paydo qiladi.
Ey siz Payg‘ambar, nega xotinlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olyapsiz. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey siz Payg‘ambar, nega xotinlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olyapsiz. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, oʻzlaringizni va oila aʼzolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar boʻlgan doʻzaxdan saqlanglar. U yerda qattiqqoʻl va darg‘azab, Alloh buyurgan narsaga osiylik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar turadilar.

Ey kufr keltirgan kimsalar, Bugungi kunda uzr aytmay qoʻya qolinglar. Sizlar faqat oʻzlaringiz qilib oʻtgan amallaringiz sababli jazolanyapsiz.
U yetti osmonni qavatma-qavat qilib yaratgan Zotdir. Siz Rahmonning yaratishida biror tafovut va nuqsonni koʻrmaysiz. Bas, koʻzingizni yana osmonga qaytarib koʻring-chi, biror kamchilik koʻrarmikansiz?
Ular: “Ha, haqiqatan ham, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, lekin bizlar uni yolg‘onchiga chiqarganmiz”, – deydilar. Hamda: “Alloh hech kimga hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta adashuvdasizlar”, – deganmiz.
Kofirlar yana: “Agar bizlar payg‘ambar soʻzlarini tinglab, aql ishlatuvchi boʻlganimizda, doʻzax egalari boʻlmas edik”, – deydilar.
Ular ustilarida qanotlarini yoyib va yig‘ib uchib yurgan qushlarni koʻrmadilarmi?! U qushlarni yolg‘iz Rahmon havoda tutib turadi. Albatta, U barcha narsani koʻrib turuvchidir.
Ey Muhammad, kofirlarga: “U Alloh sizlarni yoʻqdan bor qilgan va sizlar uchun quloq, koʻzlar va dillarni ato qilgan Zotdir. Sizlar esa juda oz shukr qilasizlar”, – deb ayting.
Nun. Qalamga va u bilan satrlarga yozadigan narsalarga qasam boʻlsin.
Ey Muhammad, siz Robbingizning neʼmati bois majnun emasdirsiz.
Ey mushriklar, sizlarga nima boʻldi? Qanday hukm chiqarmoqdasizlar?!