Taqvodor kimsalarni gunohlardan pok boʻlgan hollarida, farishtalar jonlarini olayotib: “Sizlarga salom boʻlsin, qilib oʻtgan solih amallaringiz tufayli jannatga kiringlar”, – deydilar.
There are 2124 verses derived from the masdar-o'zak مَا you searched for.
narsaga, va narsaga, bo'lmaganlar holda, , emaslar, sababli, etmadi, va emas, kabi, hatto bo'lganini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Taqvodor kimsalarni gunohlardan pok boʻlgan hollarida, farishtalar jonlarini olayotib: “Sizlarga salom boʻlsin, qilib oʻtgan solih amallaringiz tufayli jannatga kiringlar”, – deydilar.
Kofirlar esa faqat oʻzlariga ajal farishtalari kelishini yoki Robbingizdan azob tushish haqidagi amrni kelishini kutib turadilar. Ulardan oldin oʻtgan kofirlar ham mana shunday qilgan edilar. Alloh ularga zulm qilmadi, aksincha, ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Bas, qilgan yomonliklari ularning oʻzlariga yetdi va u bilan istehzo qilgan narsalari azob bilan oʻzlarini oʻrab oldi.
Bas, qilgan yomonliklari ularning oʻzlariga yetdi va u bilan istehzo qilgan narsalari azob bilan oʻzlarini oʻrab oldi.
Allohga shirk keltirgan kimsalar: “Agar Alloh xohlaganida, biz ham, ota-bobolarimiz ham Undan oʻzga biror narsaga ibodat qilmagan va Uning hukmisiz biror narsani harom qilmagan boʻlar edik”, – deydilar. Ulardan oldin oʻtgan kofirlar ham shunday qilgan edilar. Payg‘ambarlar zimmasida faqat Allohning vahiysini odamlarga ochiq-oydin yetkazish vazifasi bordir.
Ey Rasulim, agar siz u mushriklarning hidoyat topishlariga qattiq qiziquvchi boʻlsangiz, bilingki, Alloh Oʻzi adashtiradigan kimsalarni aslo hidoyat qilmaydi va ularga hech kim yordam beruvchilardan boʻlmaydi.
Kofirlar tomonidan zulm qilinganlaridan keyin Alloh yoʻlida hijrat qilganlarni, albatta, bu dunyoda ham goʻzal maskanlarga joylashtiramiz. Oxirat mukofoti esa, yanada kattaroqdir. Koshki, buni odamlar bilsalar edi!
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham farishtalarni emas, balki faqat siz kabi erkak kishilarnigina payg‘ambar qilib yuborib, ularga vahiy qilib turganmiz. Agarda bu haqda bilmaydigan boʻlsangiz, Tavrot va Injilni biladigan zikr va ilm ahllaridan soʻranglar.
Biz payg‘ambarlarni aniq hujjatlar va kitoblar bilan yuborganmiz. Sizga esa odamlarga nozil qilingan hukmlarni ularga bayon qilib berishingiz uchun eslatma boʻlgan bu Qurʼonni nozil qildik. Shoyadki, Allohning oyatlari haqida tafakkur qilsalar va ulardan ibrat olsalar.
Yoki sayohatlarda aylanib yurganlarida ularni ofat tutishidan xotirjam boʻldilarmi?! Bas, ular Allohni ojiz qoldiruvchi emaslar.
Axir ular Alloh yaratgan narsalarning soyalari Allohga sajda qilib, boʻysungan hollarida oʻng va chap tomonga egilishini koʻrmadilarmi?!
Osmonlar va Yerdagi jonzotlar va farishtalardan tortib, barcha narsalar takabburlik qilmay yolg‘iz Allohga sajda qiladilar.
Osmonlar va Yerdagi jonzotlar va farishtalardan tortib, barcha narsalar takabburlik qilmay yolg‘iz Allohga sajda qiladilar.
Farishtalar tepalaridagi kuzatib turgan Robbilaridan qoʻrqadilar va, faqat oʻzlariga buyurilgan ishlarnigina qiladilar.
Osmonlar va Yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Din ham doimiy Unikidir. Shunday ekan, Allohdan boshqasidan qoʻrqasizlarmi?
Sizlarda qaysi neʼmatdan berilgan boʻlsa, albatta, u Alloh taolodandir. Keyin qachon sizlarga biror musibat yetsa bas, Ungagina yolvorasizlar.
Biz ularga ato etgan neʼmatlarga kufr keltirishlari uchun shirk keltiradilar. Bas, oʻtkinchi dunyo manfaatlaridan foydalanib qolaveringlar, yaqinda qiyomat qoim boʻlganda barchasini bilib olasizlar.
Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan johilliklari sababli xudo deb oʻylab, oʻzlari bilmaydigan butlari uchun nasiba ajratadilar. Ey mushriklar, Allohga qasamki, albatta, sizlar oʻzlaringiz toʻqib olgan butlaringiz haqida soʻralasizlar.
Mushriklar: “Farishtalar Xudoning qizlari”, – deb, Allohga qizlarni mansub qilishadi. U bunday boʻhtondan pokdir. Oʻzlariga esa koʻngillari xushlaydigan oʻg‘illarni nisbat berishadi.
Unga berilgan xushxabarning yomonligidan uyalib, u qizni xor qilib olib qolsami yoki uni tuproqqa koʻmib yuborsami? – deb qavmidan berkinib yuradi. Ogoh boʻlinglar, ularning chiqarayotgan hukmlari naqadar yomondir.