Ey qavmim, nima uchun men sizlarni najotga chaqirsam, sizlar meni doʻzaxga chaqirasizlar?!
There are 2124 verses derived from the masdar-o'zak مَا you searched for.
narsaga, va narsaga, bo'lmaganlar holda, , emaslar, sababli, etmadi, va emas, kabi, hatto bo'lganini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey qavmim, nima uchun men sizlarni najotga chaqirsam, sizlar meni doʻzaxga chaqirasizlar?!
Sizlar meni Allohga kufr keltirishga va oʻzim bilmaydigan narsalarni Unga sherik qilishga chaqiryapsizlar. Men esa, sizlarni izzatli va juda mag‘firatli Zotga daʼvat qilyapman.
Boshingizga azob tushganda men sizlarga aytayotgan bu soʻzlarimni eslaysizlar. Men oʻz ishimni Allohga topshiraman. Shubhasiz, Alloh bandalarining qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchidir.
Bas, Alloh u iymon keltirgan kishini ularning yomon makrlaridan saqladi va firʼavn xonadonini yomon azob oʻrab oldi.
Jahannam qoʻriqchilari: “Axir, sizlarga payg‘ambarlaringiz hujjatlar bilan kelmagan edimi?!” – deb aytadilar: Ular: “Ha, lekin ularga ishonmagan edik”, – deydilar. Shunda farishtalar ularga: “Unda oʻzingiz duo qilaveringlar. Faqat kofirlarning duolari, zalolatdir”, – deb aytadilar.
Albatta, Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalarning koʻngillarida kibr bor. Ular oʻzlari orzu qilgan bu kibrlariga yetishuvchi emaslar. Bas, siz Allohdan panoh soʻrang. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Koʻzi koʻr bilan koʻradigan odam va iymon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa ham barobar boʻlmaydi. Ey odamlar, juda kam eslatma olasizlar.
Koʻzi koʻr bilan koʻradigan odam va iymon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa ham barobar boʻlmaydi. Ey odamlar, juda kam eslatma olasizlar.
Biz nozil qilgan kitobni va payg‘ambarlarimiz bilan yuborgan narsalarni yolg‘onga chiqargan kimsalar yaqinda barchasini bilib oladilar.
Soʻngra ularga: “Sizlar shirk keltirib oʻtgan narsalaringiz qaerda qoldi?!” – deyiladi.
Mana shu azoblarga duchor boʻlishingizga sabab – sizlar yer yuzida nohaq xursand boʻlganingiz va kibr-havoga berilib yurganingiz uchundir.
Mana shu azoblarga duchor boʻlishingizga sabab – sizlar yer yuzida nohaq xursand boʻlganingiz va kibr-havoga berilib yurganingiz uchundir.
Biz sizdan oldin ham koʻplab payg‘ambarlarni yuborganmiz. Ulardan sizga qissasini aytib berganimiz ham, yana ulardan sizga qissasini aytib bermaganimiz ham bordir. Hech bir payg‘ambarga Allohning iznisiz biror moʻʼjiza keltirish mumkin boʻlmaydi. Bas, qachonki, Allohning amri kelganda, haq bilan hukm chiqariladi va oʻshanda botil ish qilib yuruvchilar ziyon koʻradilar.
Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avval oʻtgan iymonsiz kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Ular Makka mushriklaridan koʻra kuchliroq va yer yuzida qoldirgan asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Biroq qilgan kasbu korlari oʻzlariga foyda bermadi.

Chunki ularga payg‘ambarlari hujjatlar bilan kelganlarida, oʻzlaridagi manfaatsiz bilim bilan shodlandilar. Nihoyat ularni oʻzlari masxara qilib yurgan azob qurshab oldi.
Chunki ularga payg‘ambarlari hujjatlar bilan kelganlarida, oʻzlaridagi manfaatsiz bilim bilan shodlandilar. Nihoyat ularni oʻzlari masxara qilib yurgan azob qurshab oldi.
Bas, qachonki, azobimizni koʻrganlarida: “Yolg‘iz Allohga iymon keltirdik va oldin Allohga sherik qilib olgan butlarimizni endi, inkor qildik”, – dedilar.
Oʻshanda payg‘ambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelib: “Faqat yagona Allohga ibodat qilinglar”, der edilar. Ular esa: “Agar Robbimiz payg‘ambar yuborishni xohlaganida, albatta, farishtalarni payg‘ambar qilib tushirar edi. Bas, sizlar elchi qilib yuborilgan dinni biz inkor qiluvchilarmiz”, – dedilar.
Samud qavmini esa, toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgan edik. Ular hidoyat oʻrniga haqiqatni bilishdan koʻr boʻlishni afzal bildilar Bas, qilgan yomon ishlari tufayli ularni xor qiluvchi azob chaqmog‘i urdi.