وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا ۚ يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا ۚ وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
Alloh sizlardan iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga xuddi oldin yashab oʻtgan iymonli zotlarni yer yuziga oʻrinbosar qilganidek, ularni ham yer yuziga oʻrinbosar qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan Islom dinini mustahkam qilishni hamda ularning Makkadagi koʻrgan xavf-xatarlaridan soʻng Madinada xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular, faqat Menga ibodat qiladilar va Menga biror narsani sherik qilmaydilar. Kimki ushbu vaʼdadan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir.

