Shundan keyin Yusufning xizmatkori yoʻqolgan narsani axtarishni ukasi Binyaminning idishidan oldin akalarining idishlaridan boshladi. Keyin u qadahni ukasining idishidan topib chiqarib oldi. Biz Yusufga mana shunday hiyla tadbirini qildik. Chunki Misr podshohining dinida ukasi Binyaminni oʻg‘rilik qilgani uchun qul qilib ola olmas edi. Faqat Allohning istagi bilan bu hiyla sababli olib qolar edi. Biz xohlagan kishilarning darajalarini koʻtaramiz. Har bir ilm egasining ustida undan ham bilimdonroq olim bordir.

