Keksalik yoki nogironlik kabi sabablarga koʻra tanasi zaif boʻlganlar, urushga bora olmaydigan kasallar va jangovar asbob-uskunalar uchun sarf-xarajat qila olmaydigan kambag‘allarga urushda qatnashmaganliklari uchun javobgarlik yoʻq. Toki ular oʻzlarining boshqa vazifa va masʼuliyatlarini oqsatmay, Alloh va Rasuliga ixlosli boʻlsalar, boʻlgani. Yaxshilik qiluvchilarni ayblashga hech qanday yoʻl yoʻq. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

