U taqvodor kimsalar g‘oyibdan kelgan xabarlarga iymon keltiradigan va barcha namozlarni toʻliq ado etadigan hamda Biz ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan muhtoj odamlarga nafaqa, ehson va sadaqa qiladigan kimsalardir.
There are 111 verses derived from the masdar-o'zak ن ف ق you searched for.
infaq qiladilar, infaq qiling, (Alloh yo'lida) sarflaydiganlarini, beradiganingiz, infaq qiladigan narsalarini, infaq etuvchilar(ning), infaq etuvchi, berganlari, sadaqa berishga, infaq qilsangiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
U taqvodor kimsalar g‘oyibdan kelgan xabarlarga iymon keltiradigan va barcha namozlarni toʻliq ado etadigan hamda Biz ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan muhtoj odamlarga nafaqa, ehson va sadaqa qiladigan kimsalardir.
Alloh yoʻlida mol-dunyongizni sarflanglar va baxillik qilib, oʻz qoʻllaringiz bilan oʻzingizni halokatga tashlamanglar. Hamda chiroyli amallar qilinglar, shubhasiz, Alloh ehson qiluvchi kimsalarni sevadi.
Ey Muhammad, sizdan nimalarni va kimlarga ehson qilishni soʻraydilar. Ularga: “Nimaiki ehson qilsangizlar, ota-ona, qarindoshlar, yetim-yesirlar, miskinlar va musofirlarga qilinglar. Yaxshi ishlardan nimaiki qilsangiz, albatta, Alloh uni bilib turuvchidir”, – deb ayting.

Ey Rasulim, sizdan mast qiluvchi ichkilik va qimor oʻynash haqida soʻraydilar. Ularga: “U ikki narsada katta gunoh va shu bilan birga, odamlar uchun baʼzi manfaatlar ham bor. Lekin u ikkisining gunohi foydasidan koʻra kattaroqdir”, – deb ayting. Sizdan yana nimalarni ehson qilishni soʻraydilar. Ularga: “Ehtiyojingizdan ortganini ehson qiling”, – deb javob bering. Shu tariqa, Alloh sizlarga dunyo va oxirat haqida tafakkur qilishingiz uchun Oʻz oyatlarini bayon qilib boradi.
Ey iymon keltirganlar, oldi-sotdi, doʻst-birodarlik va shafoat qilib boʻlmaydigan kun kelmasidan burun sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizdan xayru ehson qilinglar. Kofirlar esa, ular zolimlardir.
Alloh yoʻlida mol-dunyolarini ehson qiladigan kimsalarning misoli, xuddi bir dona bug‘doy donining yettita boshoq oʻstirib chiqishi hamda har bir boshoqda esa yuz dona don joylashgani kabidir. Alloh istagan kishilariga ajrini bir necha barobar qilib beradi. Alloh fazlu karami keng boʻlgan – Vosiʼ va barcha narsani bilib turvchi – Aʼlim Zotdir.
Mol-dunyolarini Alloh yoʻlida ehson qilib, orqasidan qilgan ishlarini minnat qilmaydigan va kishilarga ozor ham bermaydigan kimsalar uchun Robbilari huzurida ajr-mukofotlari bordir. Oxirat kunida ularga hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.

Ey iymon keltirganlar, ehson qiladigan molini odamlar koʻrsin deb beradigan, aslida Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsalarga oʻxshab, sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan yoʻqqa chiqarmanglar. Ana shunday kishilarning misoli xuddi, ustida tuproq boʻlgan qoyatoshga kuchli jala kelib yuvib ketgan, natijada, yana uni sip-silliq tosh holatiga tashlab qoʻyganga oʻxshaydi. Ular ishlab topgan va riyokorlik qilib bergan boyliklaridan hech narsaga ega boʻlmaydilar. Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.
Mol-dunyolarini Allohning roziligini istab, qalblaridagi iymonni yanada mustahkamlash uchun xayru ehson qiladiganlarning misoli xuddi tepalikdagi bir bog‘ kabidir. Agarda boqqa sharros yomg‘ir quysa, hosilini ikki barobar beradi. Bordi-yu kuchli yomg‘ir yog‘may, biroz shivillab yoqqan yomg‘ir boʻlsa ham, oʻziga yarasha hosil boʻlaveradi. Alloh har bir qilayotgan ishlaringizni koʻrib turuvchidir.
Ey iymon keltirganlar, kasbu koringizdan topganlaringizni va Biz sizlar uchun Yerdan undirib chiqargan hosillardan sifati yaxshilarini xayru ehson qilinglar. Oʻzingizga berilganda uni, faqat yoqtirmay koʻz yumib oladigan darajadagi yomon va sifatsizlaridan berishni koʻzlamanglar. Shubhasiz, Alloh maqtovga sazovor – Hamid va hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy Zot ekanini bilinglar.

Xayru ehsondan nimaiki qilgan boʻlsangiz va atagan har bir nazringizni Alloh, albatta, bilib turadi. Ehson qilmaydigan, nazrlarini bajarmaydigan va zolim kimsalar uchun oxiratda yordam beruvchilar boʻlmaydi.

Ey Rasulim, ularning hidoyat topishlari sizning zimmangizda emasdir. Yaxshilikdan nimaiki ehson qilgan boʻlsangizlar, oʻzingiz uchundir. Zero, qilayotgan ehsonlaringizni, faqat Allohning yuzini istab qilasizlar. Qilgan har bir yaxshiligingizning mukofoti oxiratda sizlarga toʻliq qaytariladi va nohaqlikka uchramaysizlar.

Sadaqa va ehsonlar oʻzlarini Alloh yoʻlida band qilib, Yer yuzida rizq terib yurishga kuchlari yetmaydigan va iffat va tortinchoqliklari sababidan bilmagan odam ularni boy deb oʻylaydiganlar uchun beriladi. Siz ularning holatlarini siymolaridan tanib olasiz. Shuningdek, ular uyalmay, xiralik bilan tilanib turmaydilar. Agar yaxshilikdan nimaiki qilsangiz, Alloh, albatta, uni biladi.
Mol-dunyolarini kechayu kunduz, yashirin yoki oshkora ehson qiladigan kimsalarning Robbilari huzurida ajr-mukofotlari bordir. Hamda ularga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.