Alloh har bir narsaning yaratuvchisidir. Hamda U barcha narsaga vakildir.
There are 70 verses derived from the masdar-o'zak و ك ل you searched for.
tayansinlar, tayan, o'ziga tayanib ishonganlarni, vakildir, va tayan, vakil sifatida, vakil, tayaning, biz vakil qoldirganmiz, tayanganmiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh har bir narsaning yaratuvchisidir. Hamda U barcha narsaga vakildir.
Undan oʻzgani doʻst tutib olgan kimsalarning ustidan Alloh kuzatib turuvchidir. Ey Muhammad, siz ularga vakil emassiz.
Ey Muhammad ularga: “Sizlar ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi Allohdadir. Mana shu Alloh mening Robbimdir. Unga tavakkul qildim va Unga tavba qilaman”, – deb ayting.
Sizga berilgan narsalar oʻtkinchi dunyo hayotining matohi, xolos. Iymon keltirgan va Robbilariga suyanadigan kimsalar uchun Allohning huzuridagi narsa dunyo matolaridan yaxshiroq va boqiyroqdir.
Oʻzaro maxfiy suhbat faqat shayton tomonidan boʻlib, iymon keltirgan kimsalarni g‘amgin qilish uchundir. Lekin u Allohning iznisiz ularga zarar yetkaza oluvchi emasdir. Bas, moʻminlar faqat Allohga suyansinlar.
Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarda goʻzal namuna bordir. Oʻshanda ular oʻz qavmlariga: “Bizlar sizlardan va Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor qildik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirmaguningizgacha, sizlar bilan bizning oʻrtamizda doimiy adovat va nafrat paydo boʻldi”, – dedilar. Faqat Ibrohimning otasiga: “Albatta, men Allohdan sen uchun mag‘firat soʻrayman, lekin senga Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytarishga kuchim yetmaydi”, – degan soʻzi bundan mustasnodir. Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarning duosi: “Ey Robbimiz, Sengagina tavakkul qildik, Oʻzingga qaytdik va qaytishimiz ham faqat sening huzuringgadir”, – deyish edi.
Alloh – Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, moʻminlar faqat Allohga tavakkul qilsinlar.
Hamda unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq beradi. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, unga Allohning Oʻzi kifoya qiladi. Albatta, Alloh Oʻzi xohlagan ishiga yetuvchidir. Alloh har bir narsaga oʻlchov qilib qoʻygan.
Ey Rasulim ularga: “U Rahmon mehribondir. Biz Unga iymon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olasizlar” – deb ayting.
U mashriq va mag‘ribning Robbisidir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, faqat Uni vakil qilib oling!