Albatta, Biz sizlarni Yer yuziga joylashtirdik va tirikchilik manbalarini hozir qildik. Lekin juda ozchilik shukr qilyapsizlar.
There are 461 verses derived from the masdar-o'zak أ ر ض you searched for.
yer yuzida, yerni, yer yuzi-, va yerning, yerning, va yerda, va yer, dunyo, yerda, va yerni
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Albatta, Biz sizlarni Yer yuziga joylashtirdik va tirikchilik manbalarini hozir qildik. Lekin juda ozchilik shukr qilyapsizlar.
Keyin Alloh: “Endi bir-biringizga dushman boʻlgan holda jannatdan pastga tushinglar. Yer yuzida siz uchun ajalingiz kelguncha maʼlum bir vaqtgacha qarorgoh, hayot va manfaat bordir”, – deb aytdi.
Shubhasiz, Robbingiz Alloh koʻklarni va Yerni olti kunda yaratgan keyin Arsh uzra hukmron boʻlgan Zotdir. Alloh kunduzga kechani kiritib qoplaydi. Kecha shitob bilan kunduzni quvlab yuradi. Hamda quyosh, oy va yulduzlarni amriga tobe holda yaratgan Zotdir. Ogoh boʻlinglar, yaratish va amr qilish, faqat Unga xosdir. Olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh eng ulug‘dir.
Yer yuzida isloh qilinganidan keyin buzg‘unchilik qilmanglar hamda Uning g‘azabidan qoʻrqqan va rahmatiga umid qilgan holda duo qilinglar. Shubhasiz, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.
Keyin Samud oʻz qavmiga esa birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar ularga: “Ey qavmim, yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Darhaqiqat, Robbingizdan sizlarga dalil keldi. Mana bu Allohning sizlarga moʻʼjiza qilib bergan tuyasidir. Uni Allohning yerida oʻtlab yeb yurishi uchun oʻz holiga tashlanglar. Unga yomonlik qilib tegmanglar, aks holda, sizlarni alamli azob tutadi”, – dedi.
Alloh sizlarni Od qavmidan keyin oʻrinbosarlar qilib, Yer yuziga sizlarni joylashtirganini yodga olinglar. Sizlar Yerdagi tekisliklarda qasrlar qurar, tog‘larni esa yoʻnib uylar barpo qilar edingiz. Allohning sizga bergan neʼmatlarini yodga olinglar va Yer yuzida fisqu fasod tarqatib yurmanglar.
Alloh sizlarni Od qavmidan keyin oʻrinbosarlar qilib, Yer yuziga sizlarni joylashtirganini yodga olinglar. Sizlar Yerdagi tekisliklarda qasrlar qurar, tog‘larni esa yoʻnib uylar barpo qilar edingiz. Allohning sizga bergan neʼmatlarini yodga olinglar va Yer yuzida fisqu fasod tarqatib yurmanglar.
Madyan oʻz qavmiga esa birodarlari Shuʼaybni payg‘ambar qilib yubordik. U oʻz qavmiga qarata: “Ey qavmim, Allohga qullik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Haqiqatan, sizlarga Robbingizdan aniq hujjat kelgandir. Shunday ekan, oʻlchov va tarozini toʻliq qilib oʻlchanglar, odamlarning ashyolarini urib qolmanglar. Payg‘ambarlar yuborilishi natijasida Yer yuzi isloh qilingach buzg‘unchilik qilmanglar. Agarda haqiqiy moʻmin boʻlsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir”, – dedi.
Agarda u oʻlkalarning aholisi iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, ularga samodan va Yerdan barakatlar ochib qoʻyar edik. Lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqardilar. Oqibatda qilmishlari tufayli ularni azobga tutdik.
Oldingi aholisidan keyin Yerni meros qilib olgan nasllar toʻg‘ri yoʻlni topishlari kerak emasmi? Agar xohlasak ularni ham gunohlari tufayli azobga duchor qilar edik. Hamda ularning qalblariga muhr bosardik va ular haqiqatni eshitmay qolardilar.
Firʼavn esa: “Muso sehr qilib, taxtni egallab sizlarni oʻz yeringizdan haydab chiqarib yubormoqchi. Unga nisbatan nima qilishimni buyurasizlar?” – dedi.
Shunda firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: “Ey firʼavn, Muso va uning qavmini Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurishlariga hamda seni va ilohlaringni tark qilishlariga yoʻl qoʻyib berasanmi?” – dedilar. Firʼavn: “Yaqinda ularning oʻg‘illarini qatl qilib tashlaymiz, ayollarini esa, buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoldiramiz. Bizlar, albatta, ular ustiga qahr oʻtkazuvchilarmiz”, – dedi.
Muso oʻz qavmiga: “Allohdan yordam soʻranglar va sabr qilinglar. Yer yuzi barchasi Allohnikidir. Uni Oʻz bandalaridan xohlagan kishiga meros qilib beradi. Oqibat esa Allohdan qoʻrqqanlar uchundir”, – dedi.
Musoning qavmi: “Sen bizning oramizga kelishingdan oldin ham kelganingdan keyin ham koʻp ozor chekdik”, – dedi. Shunda Muso: “Ajab emas, Robbingiz dushmaningizni halok qilsa. Shunda qanday ishlar qilishingizni koʻrish uchun sizlarni Yer yuzida ularning oʻrniga oʻrinbosar qilar.
Bechorahol boʻlib yurgan Muso qavmini Biz barakatli qilgan yerning g‘arbu sharqini meros qilib berdik. Shunday qilib, sabr qilganlari tufayli bani Isroil avlodlariga Robbingni bergan chiroyli soʻzi qaror topdi. Firʼavn va uning qavmi yasagan binolarni va baland qilib koʻtargan qasrlarini yer bilan yakson qildik.
Endi Yer yuzida nohaq kibr qilib yuruvchi kimsalarning qalblarini muhrlab, oyatlarimizdan fahmlamaydigan qilib burib qoʻyamiz. Agar ular har qanday dalillarni koʻrsalar ham, unga ishonmaydilar. Bordi-yu yetuk yoʻlni koʻrsalar, uni oʻzlariga yoʻl deb tutib olmaydilar. Aksincha, qing‘ir yoʻlni koʻrsalar, uni oʻzlariga yoʻl deb oladilar. Chunki ular oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan va uni tushunishdan g‘ofil qolgan kimsalardir.
Ey Rasulim, ularga: “Ey odamlar, darhaqiqat, men barchangiz uchun osmonlar va Yerning egasi boʻlgan Allohning elchisiman. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U Zot sizlarga hayot beradi va joningizni oladi. Shunday ekan, Allohga va Uning soʻzlariga ishonadigan Rasul boʻlmish ummiy payg‘ambariga iymon keltiringlar. Unga ergashinglar, shoyad, shunda sizlar toʻg‘ri yoʻlni topasizlar”, – deb ayting.
Shunday qilib, u yahudiylarni Yer yuzida turli xalqlarga parchalab tashladik. Ularning orasidan solih kishilar ham, solih boʻlmaganlari ham bor. Ularni zora hidoyatga qaytsalar, deb goʻzal neʼmatlar bilan ham yomon musibatlar bilan ham imtihon qilib koʻrdik.
Agar xohlaganimizda edi bu oyatlar tufayli uning darajasini yuqori qilib koʻtargan boʻlar edik. Lekin u Yer yuzidagi boylikka ruju qoʻydi va havoyi nafsiga ergashdi. Uning misoli xuddi bir it kabidir. Agar unday itga hamla qilsang ham, indamay tek qoʻysang ham, tilini osiltirib turaveradi. Mana bu oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan qavm kishilarining misolidir. Bu qissalarni ularga aytib bering, shoyad, undan ibrat olib tafakkur qilsalar!
Ular osmonlar va Yerning ajabtovur saltanatiga, Allohning yaratgan har bir maxluqotlariga va oʻz ajallarining yaqinlashib qolgan boʻlishiga bir nazar solmaydilarmi?! Bundan keyin inkor qiluvchilar qaysi gapga ham ishonar edilar?!