Haq yoʻldan boʻyin tovlab, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun yuradiganlari ham bor. Undaylar uchun bu dunyoda sharmandalik bor, qiyomat kunida esa unga yonish azobini tottiramiz.
There are 29 verses derived from the masdar-o'zak ث ن ي you searched for.
, ikkitadan, ikkitadan, ikki opa-singlisi, ikki (o'n ikki), ikki, ikki (o'nikki), (o'n) ikki, ikkinchisi edi, ikki kishidan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Haq yoʻldan boʻyin tovlab, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun yuradiganlari ham bor. Undaylar uchun bu dunyoda sharmandalik bor, qiyomat kunida esa unga yonish azobini tottiramiz.
Keyin, Biz unga vahiy qilib: “Bizning himoyamiz va vahiyimiz bilan bir kema yasagin. Bas, qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan olov oʻrniga favvoralar otilgan payt, u kemaga bir juft har bir jonivordan va oilangni olgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni g‘arq boʻlishi xususida soʻzimiz oʻtgan boʻlsa, ulardan voz kech. Hamda zulm qilganlar haqida yordam soʻrab Menga xitob qilma. Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir”, – deb vahiy qildik.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Men sizlarga faqat bitta narsani nasihat qilaman. Xolis Alloh uchun ikkita-ikkita va bitta-bitta turib, bir fikr qilib koʻringlar. Sohibingiz Muhammadda hech qanday jinnilik yoʻq. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga yuborilgan bir ogohlantiruvchi payg‘ambardir, , xolos”, – deb ayting.
Hamd osmonlar va Yerni yoʻqdan bor qilgan hamda farishtalarni ikki, uch, toʻrt qanotli elchilar qilgan Allohgadir. U yaratgan narsalarida nimani xohlasa oʻshani ziyoda qiladi. Albatta, Alloh hamma narsaga qodir Zotdir.
Oʻshanda Biz ularga ikkita payg‘ambarni yuborganimizda qishloq ahli ikkisini ham yolg‘onchiga chiqarishdi. Keyin uchinchi payg‘ambar bilan quvvatlantirdik. Bas, uchchala payg‘ambar qishloq ahliga: “Chindan ham, biz sizlarga yuborilgan elchilarmiz”, degan edilar.
Alloh oyatlari fasohatli boʻlgan goʻzal soʻzni bir-biriga oʻxshagan va hukmlari takrorlanib bir kitob qilib nozil qildi. Undagi oyatlar oʻqilganda Robbilaridan qoʻrqadigan zotlarning tanalari titrab ketadi. Soʻngra badanlari va qalblari Allohning zikriga moyil boʻlib, yumshaydi. Mana shu kitob Allohning hidoyati boʻlib, unga Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, unga biror yoʻl koʻrsatuvchi boʻlmaydi.
Shunda ular: “Ey Robbimiz, Sen bizlarni ikki marta oʻldirding va ikki marta tiriltirding. Bas, bizlar dunyoda qilgan gunohlarimizni eʼtirof qildik. Endi, bu azobdan chiqishga biror yoʻl bormi?” – deydilar.
Shunda ular: “Ey Robbimiz, Sen bizlarni ikki marta oʻldirding va ikki marta tiriltirding. Bas, bizlar dunyoda qilgan gunohlarimizni eʼtirof qildik. Endi, bu azobdan chiqishga biror yoʻl bormi?” – deydilar.
Lekin Xudo xohlasa deb, istisno qilmagan edilar.