Ular jangda jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Rasulning chaqirig‘iga javob berganlardir. U kimsalardan yaxshilik va taqvo qilganlar uchun ulkan ajrlar bordir.
There are 194 verses derived from the masdar-o'zak ح س ن you searched for.
chiroyli munosabatda bo'lganlarga, yaxshilik qilasizlar, chiroyli so'z, ishini chiroyli qilib, yanada chiroylii, chiroyli tarzda, va yaxshilik qiling, yaxshilik qilganlarni, chiroy, yaxshilik qilganlarning
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular jangda jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Rasulning chaqirig‘iga javob berganlardir. U kimsalardan yaxshilik va taqvo qilganlar uchun ulkan ajrlar bordir.
Robbilari ularning duolariga ijobat qilib: “Shubhasiz, Men sizlardan xoh erkak, xoh ayol boʻlsin xayrli ish qilganlarning amalini zoe ketkazmayman. Zero, sizlar bir-biringizdan dunyoga kelgandirsizlar. Yurtlaridan hijrat qilgan, diyorlaridan quvib chiqarilgan, Mening yoʻlimda aziyatlar chekkan hamda jang qilib, oʻldirilganlarning gunohlarini, albatta, oʻchiraman. Albatta, ularni taglaridan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritaman”, – deydi. Bular Alloh huzuridan bir mukofotdir. Zero, mukofotlarning eng chiroylisi Allohning huzuridadir.
Yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onalarga yaxshilik qilinglar. Hamda qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin va uzoq qoʻshnilarga, yaqin doʻstingizga, musofirlarga va qoʻl ostingizdagi xizmatkorlarga ham yaxshilik qilinglar. Alloh takabbur va maqtanchoq boʻlgan kimsalarni sevmaydi.
Albatta, Alloh hech kimga bir zarra miqdoricha ham zulm qilmaydi. Agar zarracha yaxshilik qilingan boʻlsa, uning savobini bir necha barobar koʻpaytiradi. Hamda Oʻz huzuridan ulug‘ ajr-mukofot ato etadi.
Ey iymon keltirganlar, Allohga itoat qilinglar. Hamda Payg‘ambarga va oʻzlaringizdan boʻlgan ahli iymon ishboshchi rahnamolarga ham itoat qilinglar. Agarda biror narsa haqida tortishib qolsangiz, uning yechimini Allohga va Rasulga qaytaringlar. Agarda Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, shu yoʻlni tutinglar. Ana shunday qilishingiz xayrli va chiroyli natijadir.
Oʻz qoʻllari bilan qilgan gunoh ishlari tufayli ularga biror musibat yetgandan keyin sizning oldingizga kelib: “Biz, faqat ezgulikni va orani yaxshilashni istagan edik”, – deb, Alloh nomi bilan qasam ichishlari qanday hol boʻldi?
Kimki Allohga va Rasulga itoat qilsa, ana oʻshalar qiyomat kunida Alloh ularga ulug‘ neʼmatlar bergan anbiyolar, hech qachon haq yoʻldan ayrilmagan siddiqlar, shahidlar va yaxshi amallarni qilgan solih zotlar bilan birga hamroh boʻladilar. Ana ular hamrohlikda naqadar goʻzal boʻlganlardir.
Qaerda boʻlsangiz ham oʻlim sizlarni topadi, hatto mustahkam qalʼalar ichida boʻlsangiz ham oʻlasizlar. Agar munofiqlarga biror bir yaxshilik yetib qolsa: “Bu Allohning huzuridandir”, – deb aytadilar. Bordi-yu ularga bir yomonlik yetib kelsa: “Bu sizning yuzingizdandir”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Hammasi Alloh taolo tomonidandir”, – deb ayting. Anavi qavmlarga nima boʻldiki, gap uqishni bilmaydilar?!
Ey odam bolasi, senga nimaiki yaxshilik yetsa, bilki u Allohdandir. Shuningdek, nimaiki yomonlik yetsa, bilki, u oʻz nafsingdandir. Ey Muhammad, Biz sizni insonlarga payg‘ambar qilib yubordik. Bunga Allohning Oʻzi yetarli guvohdir.
Kimki chiroyli yordam bilan insonlarga koʻmak bersa, unga u yordami sababidan nasibasi boʻladi. Agar kim yomonlik yoʻlida yordam berib, odamlarni himoya qilsa, unga ham qilganiga yarasha ulushi boʻladi. Alloh hamma narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Qachonki sizlarga bir salom iborasi bilan salom berilsa, sizlar undan ham chiroyliroq tarzda salomiga alik olinglar, juda boʻlmaganda oʻsha iborani salom berganga qaytaringlar. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga olib turuvchi Zotdir.
Moʻminlardan uzrsiz boʻla turib jangga chiqmay uylarida oʻtirganlar va Alloh yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan mujohidlar teng boʻlmaydilar. Alloh mollari va jonlari bilan jang qilgan mujohidlarni jangga chiqmay oʻtirib olgan kimsalarga nisbatan bir daraja yuqori qildi. Hammasiga ham Alloh chiroyli mukofotlar vaʼda qilgan. Shuningdek, Alloh mujohidlarni jangga chiqolmay oʻtirib qolganlardan koʻra katta mukofotlar bilan siylab afzal qildi.
Chiroyli ishlarni qiluvchi kimsa boʻlib, oʻzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning hanif diniga ergashgan kishidan ham toʻg‘ri dinda boʻlgan kim bor?
Chiroyli ishlarni qiluvchi kimsa boʻlib, oʻzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning hanif diniga ergashgan kishidan ham toʻg‘ri dinda boʻlgan kim bor?
Agar xotin eri tomonidan xushkoʻrmaslikni sezsa yoki voz kechib ketishidan qoʻrqsa, ikkovi oʻrtalarini kelishib, isloh qilib olishlarida ularga gunoh boʻlmaydi. Kelishib olish ajrashib ketgandan koʻra yaxshiroqdir. Chunki nafslarda ziqnalik qilish hissi joylashtirilgandir. Agar xotinlaringizga chiroyli muomalada boʻlsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Haqiqatan, Alloh bani Isroil avlodlarining qatʼiy ahdu paymonini oldi. Biz ularning orasidan oʻn ikki boshliqni tanlab yubordik. Shunda Alloh ularga: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Agarda namozlarni toʻla toʻkis ado etsangiz, zakot bersangiz, Rasullarimga iymon keltirsangiz, ularga yordam bersangiz, Alloh yoʻliga chiroyli qarz bersangiz, shunda sizlarning gunohlaringizdan oʻtaman va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizaman. Shundan keyin ham kimki kufr keltirsa, shubhasiz, toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻladi.
Shundan keyin bergan ahdlarini buzganliklari tufayli ularni laʼnatladik va qalblarini qattiq qilib qoʻydik. Ular Tavrotdagi soʻzlarning joyini oʻzgartirardilar hamda oʻzlariga eslatilgan hukmlarning bir hissasini unutdilar. Ichlaridan ozgina toifadan boshqalarini doimo xiyonat qilayotgan holda ustidan chiqaverasiz. Shunday boʻlsa ham, ularni afv etib, kechirib turavering. Chunki, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchi muhsinlarni sevadi.
Yoki johiliyat davrining hukmlarini xohlaydilarmi? Chindan ham ishongan qavmlar uchun Allohdan koʻra kimning hukmi yaxshiroqdir?!
Shu aytgan gaplari uchun Alloh ularni tagidan anhorlar oqib turuvchi, u yerda abadiy qolinadigan jannatlar bilan mukofotlaydi. Mana bu yaxshilik qiluvchi muhsin zotlarning mukofotidir.
Allohdan qoʻrqqan, iymon keltirgan, ezgu amallarni qilgan, man qilinganidan keyin taqvo qilib haromligiga ishongan, keyin barcha haromlardan saqlanib, yaxshilik qilgan moʻmin va solih ishlarni amalga oshirgan kimsalarga taqiqlanmasdan oldingi yeb ichganlarida gunoh yoʻqdir. Alloh yaxshilik qiluvchi muhsin bandalarni sevadi.