Ular sizga: “Yahudiy yoki nasroniy dinida boʻlinglar, shunda hidoyat topasizlar”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Yoʻq, aksincha, biz hanif, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning diniga ergashamiz va u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
There are 12 verses derived from the masdar-o'zak ح ن ف you searched for.
hanif, to'g'ri, hanif (Allohni birlashtiruvchi) sifatida, to'liq, hanif bo'lgan, birlashtiruvchi, haniflar bo'ling, Hanif sifatida, birlashtirib
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular sizga: “Yahudiy yoki nasroniy dinida boʻlinglar, shunda hidoyat topasizlar”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Yoʻq, aksincha, biz hanif, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning diniga ergashamiz va u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham boʻlmagan edi. Balki haq yoʻldan toymagan hanif musulmon edi. U mushriklardan ham emas edi.
Ey Rasulim, ularga: “Alloh har doim rost aytadi, shunday ekan, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga ergashinglar va u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Chiroyli ishlarni qiluvchi kimsa boʻlib, oʻzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning hanif diniga ergashgan kishidan ham toʻg‘ri dinda boʻlgan kim bor?
Men yuzimni haq yoʻldan toymaydigan hanif boʻlib, osmonlar va Yerni yoʻqdan bor qilgan Zotga burdim hamda men mushriklardan emasman.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga, haq dinga, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga yoʻllab qoʻygan, u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Shuningdek, yuzingizni haqqa moil boʻlgan Islom dinida muqim tuting, aslo mushriklardan boʻlmang, – deb buyurilganman.
Albatta, Ibrohim Allohga itoat qiluvchi, haq yoʻldan toymaydigan hanif bir ummat edi va u mushriklardan emas edi.
Ey Rasulim, keyin sizga haq yoʻldan toymaydigan hanif Ibrohimning diniga ergashing, deb vahiy yubordik. Shubhasiz, Ibrohim mushriklardan emas edi.
Bu amallarni Allohga chin ixlos qilib, Unga shirk keltirmagan holingizda bajaring. Kimki Allohga shirk keltirsa, bas, u xuddi osmondan qulagan va uni yirtqich qush oʻlja qilib tortib ketgan yoki uni kuchli shamol olis joylarga uchirib ketgandek boʻladi.
Bas, ey Muhammad, yuzingizni doimo toʻg‘ri boʻlgan Islom dinida tuting. Allohning insonlarni uning ustida yaratgan tabiiy xilqatini saqlanglar. Allohning yaratgan maxluqotlarida oʻzgartirish yoʻqdir. Eng toʻg‘ri din shudir! Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar.
Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni shirkdan xolis qilgan, toʻg‘ri yoʻldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni toʻliq ado qilishga hamda zakot berishga buyurilgan edilar. Mana shu toʻg‘ri dindir.