وَلَمَّا جَهَّزَهُمْ بِجَهَازِهِمْ قَالَ ائْتُونِي بِأَخٍ لَكُمْ مِنْ أَبِيكُمْ ۚ أَلَا تَرَوْنَ أَنِّي أُوفِي الْكَيْلَ وَأَنَا خَيْرُ الْمُنْزِلِينَ
Yusuf ularni yegulik jihozlari bilan jihozlagach ularga qarata: “Sizlar endigi safar oʻsha bir ukangizni ham yonimga olib kelinglar. Koʻrmayapsizmi, axir men sizlarga donlarni toʻldirib oʻlchab beryapman hamda men mehmon qiluvchilarning juda yaxshisiman”, – dedi.

