Bular Allohning yaratgan maxluqotlaridir. Qani, endi, ey mushriklar, sizlar Menga Undan oʻzgalar yerda nimalarni yaratganini koʻrsatinglar-chi! Yoʻq, zolimlar aniq adashuvdalar!
There are 261 verses derived from the masdar-o'zak خ ل ق you searched for.
sizlarni yaratdi, yaratdi, bir nasibi, yaratilishida, nasibi, yaratganini, yaratadi, yaratayin, Uni yaratdi, bir ulushi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bular Allohning yaratgan maxluqotlaridir. Qani, endi, ey mushriklar, sizlar Menga Undan oʻzgalar yerda nimalarni yaratganini koʻrsatinglar-chi! Yoʻq, zolimlar aniq adashuvdalar!
Bular Allohning yaratgan maxluqotlaridir. Qani, endi, ey mushriklar, sizlar Menga Undan oʻzgalar yerda nimalarni yaratganini koʻrsatinglar-chi! Yoʻq, zolimlar aniq adashuvdalar!
Qasam boʻlsinki, agar ulardan: “Osmonlar va Yerni kim yaratgan?” – deb soʻrasangiz, ular: “albatta, Alloh”, – deydilar. Siz: “Allohga hamd” – deng. Yoʻq, ularning koʻpchiligi haqiqatni bilmaydilar.
Ey insonlar, sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni yaratish va qayta tiriltirishning oʻzginasi kabi osondir. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Alloh osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga egalik qilgan Zotdir. Sizlar uchun Undan oʻzga biror doʻst va shafoatchi yoʻqdir. Nahotki, eslatma olmaysizlar?!
U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. Alloh ilk insonni yaratishni esa loydan boshladi.
U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. Alloh ilk insonni yaratishni esa loydan boshladi.
Kofirlar: “Bizlar yer ostida yoʻq boʻlib ketgach, chindan ham yana yangitdan yaratilamizmi?” – dedilar. Yoʻq, ular oxiratda Robblariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qiluvchilardir.
Kufr keltirgan kimsalar: “Sizlarga chirib titilib butunlay parcha-parcha boʻlib ketgan vaqtingizda, albatta, sizlar yana yangitdan yaratilasizlar, deb xabar beradigan bir kishini koʻrsataylikmi?” – dedilar.
Hamd osmonlar va Yerni yoʻqdan bor qilgan hamda farishtalarni ikki, uch, toʻrt qanotli elchilar qilgan Allohgadir. U yaratgan narsalarida nimani xohlasa oʻshani ziyoda qiladi. Albatta, Alloh hamma narsaga qodir Zotdir.
Ey insonlar, sizlarga Allohning ato etgan neʼmatini yodga olinglar! Sizlarga osmonu yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa yaratuvchi bormi?! Undan oʻzga iloh yoʻq! Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!
Alloh sizlarni avval tuproqdan, soʻngra uning naslini bir tomchi nutfadan yaratib, keyin sizlarni erkak va ayol qilib juftlar qildi. Har bir ayol nimaga homilador boʻlsa va nimani tug‘sa, faqat Uning ilmi bilan boʻladi. Biror uzoq umr koʻruvchining umri uzaytirilgan boʻlsa yoki umridan kamaytirilgan boʻlsa, albatta, u kitobda yozilgan boʻladi. Albatta, bu ishlar Allohga osondir.
Agar U xohlasa, sizlarni yer yuzidan ketkazib, oʻrningizga boshqa yangi bir xalqni keltiradi.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga koʻrsatinglar-chi, ular yer yuzida nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlarni yaratishda sherikliklari bormi?! Yoxud ularga biror kitob berganmidik, unda sherik ekanliklari haqida biron hujjat boʻlsin?!” – deb ayting. Yoʻq, zolimlar bir-biriga faqat yolg‘onni vaʼda qiladilar.
Yer undiradigan narsalardan, odamlarning oʻzlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan Alloh har qanday aybu-nuqsondan pok Zotdir.
Yana Biz ularga oʻsha kemaga oʻxshash minadigan boshqa ulov vositalarini ham yaratdik.
Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini egik qilib qoʻyamiz. Axir, aql ishlatmaydilarmi?!
Biz ular uchun qudrat qoʻlimiz bilan qilgan chorva hayvonlarini yaratib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Mana ular oʻsha hayvonlarga egadirlar.
Biz uni bir tomchi nutfadan yaratganimizni, inson bilmaydimi?! Endi, esa u birdan, ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi!
U Bizga: “Chirigan suyaklarni kim ham tiriltira oladi?” – deb, masal keltirdi-yu, lekin oʻzining qanday yaratilishini unutib qoʻydi.